Rossiyaning doping mojarosiga oid hisobot chop qilinadi

Image copyright Getty Images
Image caption Rossiyaning qator sportchilari Rio-2016 oʻyinlaridan chetlatilgan

Jahon Dopingga qarshi kurash tashkiloti chop etishi kutilayotgan hisobot 2016 yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Rossiyaning oʻrnini shubha ostiga qoʻyishi mumkin.

Tashkilot tuzgan mustaqil hayʼat Rossiya sportchilarining doping isteʼmol qilishiga davlat homiylik qilgani borasidagi ayblovlar ustidan tekshiruv olib borgan va xulosalar chop qilinishi kutilmoqda.

Har qanday salbiy xulosa Rossiyani Rio Olimpiya oʻyinlaridan chetlatish boʻyicha bosimlarni oshirishi mumkin.

Allaqachon qator rossiyalik atletikachilarning oʻyinlarga ishtirok etishlariga izn berilmagan.

2016 yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari 5 avgustda boshlanadi.

Sochidagi oʻyinlar chogʻi Rossiyaning hatti-harakatlari yuzasidan tekshiruv olib borayotgan komissiyaga Doktor Richard Maklaren boshchilik qilyapti. Komissiya anti-doping markazi sobiq rahbari Grigoriy Rodchenkovning daʼvolarini oʻrgangan.

Rodchenkov oʻnlab atletikachilar, jumladan, 2014 yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida medal olgan kamida 15 nafar sportchi keng koʻlamli doping dasturida boʻlganini iddao qilgandi.

Shuningdek, u mazkur dasturga Rossiya xavfsizlik xizmati va Sport vazirligi aralashganiga ishora qilgan.

Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutko mazkur ayblovlarni qoralagan va "Rossiya sportiga qarshi axborot hujumi bir qismi" deb atagan.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring