Taylandda o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi

Tayland banki Image copyright Getty Images
Image caption Politsiya gumondorlarning Taylanddagi 50 ta bank hisobini yopgan

Tayland politsiyasining bildirishicha, sohilbo'yi istirohatgohida hibsga olingan rossiyalik erkak va o'zbekistonlik ayol kiber jinoyatda gumon qilinmoqda.

D. U. va O. K ismli shaxslar kompyuterga zararli dastur o'rnatish orqali AQSh va boshqa qator davlatlardagi bank hisoblardan ja'mi 28 yarim million dollarni o'g'irlaganlikda gumon qilinmoqda.

Taylandning sayyohlik politsiyasi hibsga olishlarni AQShning Federal Qidiruv Byurosi bilan hamkorlikda amalga oshirganini aytgan.

44 yoshli erkak va uning 25 yoshli o'zbekistonlik ayol sherigi Kox Chang istirohatgohida hibsga olingan.

Associated Press xabar agentligining Tayland politsiyasi mulozimidan iqtibos keltirishicha, AQSh huquq-tartibot idoralari 2014 yilda shubhali katta miqdordagi mablag' Qo'shma Shtatlar, Avstraliya, Yaponiya, Angliya, Italiya va Olmoniyadan Taylandga o'tkazilganini aniqlaganidan so'ng, tekshiruv ishlarini boshlagan.

Politsiyaga ko'ra, Taylandning noqonuniy pullarni yuvishga qarshi idorasi gumondorlarning Taylanddagi 50 ta bank hisobini yopgan.

Xorijlik gumondorlarning Taylandda hibsga olinishi bot-bot uchraydi.

Taylandning rossiyalik sayyohlar orasida mashhur istirohatgohlarda bundan avval ham ko'plab hibsga olishlar amalga oshirilgan.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring