Turkiya matbuoti: 42 jurnalistni hibsga olishga buyruq berilgan

Turklar ro'znomalar mutolaasida Image copyright AFP

Turkiya ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlarga ko'ra, davlat to'ntarishiga urinishga aloqador tergov doirasida 42 jurnalistni hibsga olish buyruqlarimga imzo chekilgan.

Rasman ushbu xabarlarga izoh berilgani yo'q.

Ayrim xabarlarda jurnalistlar ro'yxatida Turkiyada taniqli sharhlovchi va sobiq parlament a'zosi Nozli Ilijak ham bor.

Barbod bo'lgan davlat to'ntarishiga urinishga aloqadorlik gumoni bilan 16 iyuldan buyon 60000 dan ortiq kishi hibsga olingan yoki ishlaridan bo'shatilganlar.

Ular orasida 9000 politsiyachi, 6000 harbiy, 3000 hakam va oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari bor.

Turkiya hukumati 2000 dan ortiq tashkilotni yopishga qaror qilgan.

Rasmiylarga ko'ra, 1000 dan ortiq xususiy maktab, 1200 dan ziyod jamg'arma va xayriya tashkiloti, 19 ta kasaba uyushmasi, 15 universitet va 35 tibbiyot muassasasi AQShda istiqomat qiladigan islomiy da'vatchi Fathulloh Gulenga bog'liqdir.

Bundan oldin Turkiya Bosh vaziri o'rinbosari Nurettin Janikli BBC bilan suhbatda hibsga olingan va ishlaridan bo'shatilgan 60 ming kishi faqat "muztog'ning cho'qqisi" ekanini aytgan va bundan keyin bundan ham ko'p hibslar amalga oshirilishini bildirgan edi.

Turkiya hukumatiga ko'ra, AQShning Pensilvaniya shtatida yashaydigan Fathulloh Gulen o'zining harbiylar orasidagi tarafdorlari bilan davlat to'ntarishini amalga oshirmoqchi bo'lgan.

Fathulloh Gulen davlat to'ntarishiga urinishga o'zining aloqasi borligini rad etadi.

Turkiya hukumati AQShdan Fathulloh Gulen topshirilishini istaydi.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring