SO'Z SIZGA: "Bolasini pulga kirgizgan ota-ona aybdor"

abiturient Image copyright Sputnik.uz

O'zbekiston oliy ta'lim tizimidagi muammolar haqida so'z yuritsangiz, bu borada behisob fakt va omillarni keltiruvchilarni topish qiyin emas.

Kuni-kecha mamlakat bo'ylab o'tkazilgan test sinovlari mobaynida ham korruptsiyadan tortib, tanish-bilishchilikkacha bo'lgan "nuqcon"lar yana bir bor ko'zga tashlandi.

Lekin, keling, muammolar va ularni keltirib chiqargan omillar emas, echimlar haqida fikr yuritaylik.

Oliy ta'lim tizimi islohotlari uchun eng avvalo qanday choralarni amalga oshirish kerak, deb o'ylaysiz?

Image copyright Anons.uz

O'zbekiston sharoitida yaqin kelajakda oliy ta'lim tizimida keng tarqalgani aytilgan muammolarni hal qilish imkonli, deb o'ylaysizmi?

Sizda imkoniyat bo'lsa, ta'lim tizimini qanday isloh qilgan bo'lardingiz? - degan savollarimiz Facebook va Odnoklasnikida qizg'in bahs qilindi.

(Izohlarning ba'zisi tahrirsiz)

Facebook foydalanuvchisi Sevara Sunnatova Butun test jarayonining qoidalarini o'zida mujassamlashtirgan qoida ilib qo'yilishi kerak, deb yozadi. "Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilar ko'pchiligi test o'tkazilish jarayonini bilishmaydi, qaysi rasmiy ishni qachon qilishni, testni ishlash vaqtini qachondan belgilashni, eng muhimi 20 min bo'yash uchun vaqt berilishini, ko'p institutlarda oxirgisi sabab 2,3,4 yil qiyinchiliklar bilan tayyorlangan va bir necha yil yiqilgan abiturientlarning naq bir yil umri kuyib ketayapti, ya'ni hech qanday qayta imkoniyat berilmaydi. Katta islohotlar mana shunday kichik va muhim muammolarni bartaraf etishdan boshlanadi! - deydi u.

Bir necha kishi muammoga test sinovlarini sabab qilib keltirgan.

Aziz Yusupovich "test tizimi talabalarni dangasa qilib qo'ymoqda. Xozirda ayrim abuturientlar imtihonga kirib, bilimi bo'lmasa ham kirsam-kirdim kirmasam peshona deb tavakkal belgilab chiqayapti. Agar kirib qolsachi? Kirsa keyin o'qirmikan?" desa,

Elmira Mirzaxmatova "testga barham berishdan boshlash kerak har bir abuturent bilan o'qituvchilar yuzma-yuz gaplasha olmaydi, vohligi yetmidi. Kirish imtihonlarini yozma tarzda olish maqsadga muvofiq bo'ladi deb o'yliman sababi test imtihonlaridagi blankani noto'g'ri bo'yab qo'ysa kampyuter uni noto'g'ri javob deb qabul qiladi to'g'ri bo'lsa ham", degan fikrda.

Maxbuba Xamraeva: Har bitta abiturient yuzma yuz javob berish kerak savollarga.

Mexmet Chelebey "Testni yuq qilish kerak!" - deydi.

Faxriddin Soli Oliy ta'lim tizimidagi barcha poraxo'rlarni ishdan bo'shatish kerak. Xususiy institutlar ochish kerak, deb taklif beradi.

Ikrom Baltaevga ko'ra, "Ukishga kirgandan keyin pora olmasdae imtixonlardan utib kurishsinchi ushanda bilimi yuk odim ukishga bekordan bekor vaktini ketkazib kirishga xam xarakat kilishmaydi!".

Mekhriddin Saidov: Kopla aqillelik qiladi porani yo'qotish kerak tozalash kerak deb o'zini o'shaning o'rniga oborib qo'ysa millionlarni ko'rgandan keyin aytganlari esidan chiqib qoladi.

Elyorbek Hasanov aytishicha, korruptsiya avvalgidan ko'ra ancha kamaygan, ekan.

"Undan kura umuman yangi usul oylab topish kerak deb oylayman chunki pora beraman desa xoxlagan payti xoxlagan yulini qiladi og'zaki imtihon qilsa imtihondan oldin gaplashmaydi deb kim kafolat beradi undan kura davlat imtihonlarini xoxlagan paytda topshirishga imkon berilishi kerak. Keyin savollar tarqatilib, ishlash uchun vaqt berilishi - xuddi hozirgi sistemadek faqat test javoblarini titulga abiturient emas kompyuter belgilashi kerak. Uning uchun xonani shunday jihozlash kerak : kashfiyotchilarimiz shunday planshet o'ylab chiqarishi kerakki, u hech qanday funktsiya bajarmasin, faqat test titulini xuddi skanerdek planshetga joylab variantlarni belgilsin. Buning uchun davlat uncha kup pul ajratishi shart emas. Chunki imtihon xoxlagan payt utkazilsa har bir institut uchun kupi bilan 100 dona planshet kerak va nazoratchi sifatida uqituvchi emas komryuter kameralar quyilisa maqsadga muvofiq bulardi", degan fikrda Yulduz Boymatova.

Odnoklassnikidagi Bekning kuzatishicha, PARAVOZ, KUYONLAR, CHAYKOVCHILARNI deb bal kutarilmoqda. "BIROVLARNI URNIGA KIRADIGAN PARAVOZLAR, TASHKARIDA TURGAN CHAYKOVCHILARGA VARINTLARNI CHIKARIB BERUVCHI va DERAZADAN VARIANTLARNI ULOKTIRUVCHI "KUYON"-NOMIGA XUJJAT TOPSHIRUVCHILARNI, oldini olib xar tomonlama choro tadbirlarini kurib chikilsa yaxshi bulardi. PARAVOZ KUYONLAR CHAYKOVCHILARNI deb bal kutarilib ketyapti, shularni oldini olsa yurtimizda bilimdon kadrlar kupayadi".

Uzbek Uzigabek: Men shuni aytmoqchimanki, xech qaysi oliy o'quv yurtlariga kirish pulli deb yozib qo'ygan yo'q. Pul ko'tarib borib o'zlari bergani odam izlayapdida yana aybni boshqalarga ag'daryapdi. Biz odamlarni o'zimiz engil hayotga o'rganib qoldik. Buni qarang turmush qurmoqchi bo'lgan yigit va qiz poliklinikaga borib o'zini tekshirtirish o'rniga kimlarnidir izlab topib pul beryapdi. Endi ayb yana duxtirlarda. Inson sen kim bilan turmush quryapsan uning sog'ligi qanaqa qiziq. To'g'rimi?

Akbar Juraevning fikricha, muammo bor, lekin keng ko'lamli emas. "O'qishga kirishni AQShdagidek oson qilib qo'yish kerak. maktabni bitirayotganda xoxlagan o'quv yurtiga imtixon topshirishadi. Lekin bitirib chiqib diplom olish qiyin. Bizda esa teskarisi bir amallab kirib olishadide to'rt yil o'zini xam, o'quv yurtini axmoq qilib, ota-onasini mablag'ini, umrini xam bekorga sovurib qandaydir yo'llar bilan diplomni olib olishadi. Diplom esa sandiqmi bir chetida yotadi. U esa taksichilik qiladi".

"Arpa uni bahona. Pichokni oldin uzingga ur, og'rimasa birovga ur, deb ota-bobolarimiz bejiz aytishmagan. Oliygohga kirayotganda kanday yul tutgan bo'lsa, oxirigacha o'sha yo'l bilan ketadi. Oliygohda olgan bilimini to'liq tushunmagan, ishlash jarayonida xam bilimi pastligi bilinadi, qoqinadi. Ota-ona bolasini bilimi pastligini tushungani uchun ham pul bergani odam qidiradi. Bu sohada kimnidir aybdor deyishdan oldin, bolasini pulga o'qishga kirgizaman deydigan ota-ona birinchi navbatda aybdorliginiyam tan olish kerak. Bolasini bilimi etmasligini bilgan ota-ona pulga o'qishga kirgizaman deganda, bolasini jamiyatga bilimsizligidan foydasidan ko'ra zarari ko'p tegadi. Buni ota-ona har tomonlama his qilishi kerak", deydi Zahro Qo'ldosheva.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring