AQSh Tailanddan o‘zbekistonlikni topshirishni talab qilmoqda

Image copyright Getty Images

Toshkentda tug'ilib o'sgan Olьga Komova Tailand, AQSh va Rossiya o'rtasidagi diplomatik mojaro markazida qolgan.

Federal Qidiruv Byurosi(FQB)ga ko'ra, Olьga Komova qariyb 28 million dollarni shaxsiy bank hisoblaridan o'g'irlagan rossiyalik xakerlarning tarmog'iga yordam bergan.

Tailand politsiyasi 21 iyul kuni 25 yoshli Olьga Komova, 44 yoshli Rossiya fuqarosi Dmitriy Ukrainskiyni hibsga olgan.

Dmitriy Ukrainskiy Olьga Komovaning do'sti va otasining sobiq biznes sherigi ekani xabar qilingan, u oxirgi paytda qator sayyohlik yaxta sayohatlarini tashkillashtirish bilan shug'ullanib kelgan.

Amerikaliklarning bank hisoblaridan pul o'g'irlanishini tergov qilgan Federal Qidiruv Byurosi bu ish bilan Rossiyada joylashgan xakerlar tarmog'i shug'ullanayapti, degan xulosaga kelgan.

Xakerlar onlayn bank hisoblari egalariga zararli kompyuter dasturlari joylashgan elektron maktublar yuborganlar, shu yo'l bilan ular foydalanuvchining nomi va ocharso'zlarini qo'lga kiritganlar.

Federal Qidiruv Byurosi xakerlar oxirgi kamida 2 yil mobaynida 50 dan ortiq kishining bank hisoblaridan qariyb 29 million AQSh dollariga teng mablag'ni o'g'irlaganini aniqlagan.

Bu odamlar AQSh, Avstraliya, Britaniya, Italiya, Olmoniya va Yaponiya fuqarolari bo'lganlar.

FQB aytishicha, Olьga Komova va Dmitriy Ukrainskiy nomida Tailandda kamida 40 ta bank hisobi ochilgan bo'lgan va ular xakerlik yo'li bilan o'g'irlangan pullarni ana bank hisoblari orqali "yuvish" bilan shug'ullanib kelganlar.

Olьga Komova yoki yaqinlari tarafidan biror izoh bo'lmagan.

Lekin Dmitriy Ukrainskiy o'ziga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlarni butkul inkor etgan.

AQSh Tailand hukumatidan Olьga Komova va Dmitriy Ukrainskiyni AQShga ekstraditsiya etishni talab qilmoqda.

Rossiya esa Ukrainskiyning AQShga ekstraditsiya etilishiga qarshi chiqmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh tarafini boshqa mamlakat fuqarolarini o'zboshimchalik bilan o'g'irlashga urinishda ayblab chiqqan.Olьga Komova Toshkentda sayyohlik biznesi bo'yicha tahsil olgani, tahsilini tugatishi bilan Tailandda ishlashni boshlagani, hibsga olingan payti 4 yulduzli Emerald Cove Koh Chang Hotel ishlayotgani xabar qilingan.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • •TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • •Instagram - BBC UZBEK
  • •Twitter - BBC UZBEK
  • •Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • •Facebook - BBC UZBEK
  • •Google+BBC UZBEK
  • •YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • •Skype - uzbekbbclondon
  • •bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.