Rio 2016: O'zbekiston hisobida ilk medal

Diyorbek O'rozboev Image copyright Getty Images

Bu yilgi Yozgi Olimpiya O'yinlarining ilk kunida -60 kg vazn toifasida gilamga chiqqan dzyudochi Diyorbek O'rozboev bronza medalini qo'lga kiritdi.

Diyorbek O'rozboev bronza medali uchun kurashda gurjistonlik raqibi Amiran Papinashvilini mag'lub etdi.

So'nggi raqibiga qadar Diyorbek Avstraliya, Shveytsariya va Braziliya vakillarini ham engishning uddasidan chiqdi.

Qo'shni Qozog'iston ham O'yinlardagi dastlabki medallariga aynan ayollar(48kg) va erkaklar (-60kg) o'rtasidagi dzyudo musobaqalarida erishdi. Bir bronza va bir kumush medali oldi.

Qozog'iston hisobidagi kumush medalni yarim finalga chiqish uchun kurashda aynan Diyorbek O'rozboevni engishga muvaffaq bo'lgan amaldagi jahon chempioni Eldos Smetov qo'lga kiritdi.

Joriy paytda Qozog'iston hisobidagi 2 ta medali bilan medallar jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.

O'zbekiston hozircha bitta bronza medali bilan 17-o'rinda bormoqda.

Qolgan Markaziy Osiyo davlatlari hisobida halicha biror bir medal yo'q.

O'yinlarning ilk kuni

Image copyright Reuters

O'zbekistonlik bokschilar orasidan birinchi bo'lib ringga chiqqan Xurshid Tojiboev ham sovrinli o'rinlar uchun kurashini g'alaba bilan boshladi.

Xurshidbek (-60 kg) vazn toifasida turkiyalik raqibi Hoqon Ereskerni engib, Rio Olimpiadasining nimchorak finaliga chiqdi.

O'zbekistonlik bokschi endi O'yinlarning chorak finaliga chiqish uchun 9 avgust kuni britaniyalik bokschi Jozef Kordinaga qarshi ringga tushadi.

O'yinlarning ilk kunini Zohidjon Kenjaev ham sport tennisi bo'yicha bahslarda g'alaba bilan boshladi.

U chexiyalik raqibi Lyubomir Janjarikni mag'lub etib, musobaqalarning ikkinchi bosqichiga chiqdi.

Zohidjon Kenjaev Yozgi Olimpiada O'yinlarining erkaklar orasida stol tennisi bo'yicha bellashuvlariga yo'llanma olgan o'zbekistonlik ilk sportchi bo'lgandi.

Sobiq Sho'ro davlatlari orasidan ilk oltin medalni Rossiya qo'lga kiritdi.

Bu ham erkaklar o'rtasidagi (60kg) dzyudo bahslariga to'g'ri keladi.

Ya'ni bu bellashuvlarning oltin, kumush va bronza medallari Rossiya, Qozog'iston va O'zbekiston, Yaponiya vakillariga nasib etdi.

Final uchrashuvida Eldos Smetovni mag'lub etgan Beslan Mudranov O'yinlarning oltin medalini oldi.

Medallar jadvali

Rossiya hisobidagi bitta oltin medali bilan medallar jadvalida Argentina va Belgiya bilan birga 6-o'rinni bo'lishib turibdi.

Medallar jadvalida hisobidagi 2 ta oltin va bitta bronza medali bilan Avstraliya ilg'orlik qilmoqda.

Ikkita oltin medali bilan Mojariston ikkinchi o'rinda borayotir.

O'z o'rnida, 5 avgust kuni bu uchovlondan tashqari qolgan boshqa hech bir sobiq Sho'ro davlati O'yinlarning medallarini qo'lga kirita olishmadi.

Buyuk britaniyalik suzuvchi Adam Peati esa, O'yinlarning ilk kunida 100 metrga brass usulida suzish bahslarida 57.55 soniya natija ko'rsatib, jahon rekordini yangiladi.

Rio Olimpiadasida O'zbekistondan 70 ta sportchi qatnashmoqda.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring