Pokistondagi portlashda o'nlab insonlar halok bo'lganlar

Kvetta shifoxonasi oldida Image copyright Getty Images

Pokiston rasmiylariga ko'ra, Kvetta shahridagi shifoxonada yuz bergan portlash oqibatida 50 dan ortiq inson halok bo'lgan.

Hodisa dushanba kuni ertalab ro'y bergan.

Shifoxonaga bundan oldin otib o'ldirilgan taniqli advokat Bilol Anvar Kasiy jasadi olib kelingan paytda ro'y bergan.

Politsiyaga ko'ra, xudkush hujumchi o'zini-o'zi portlatgan.

Portlash ortidan otishma ovozlari eshitilgan.

Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif ushbu hujumni qoralab chiqqan.

Bilol Anvar Kasiy Balujiston Advokatlar birlashmasi rahbari edi.

U Kvettadagi mahkamaga borayotgan paytida otib o'ldirilgan.

Kasiy jasadi shifoxonaga olib kelingan payti u erda ko'plab yuristlar vaa jurnalistlar bo'lganlar.

Hujum uchun hozircha hech kim mas'uliyatni olmagan.

Balujiston viloyati rahbari Sanaulloh Zehriy jarohatlanganlarga eng yaxshi tibbiy muolaja ko'rsatiladi, deb aytgan.

• BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring