Tramp tarafdorlari Klintonni "qurol bilan to'xtatadi"mi?

Tramp Image copyright Getty Images
Image caption Tramp

Donald Tramp o'z tarafdorlari raqibi Hillari Klintonni qurolga egalik huquqlaridan foydalanib to'xtatishi ehtimoliga ishora qilar ekan, aksariyatning g'azabiga yana nishon bo'lgan.

Respublikachilardan nomzod Tramp Hillari Klinton prezident kursisiga o'tiradigan bo'lsa, qurolga egalik masalasini Oliy mahkamaga olib chiqishi ehtimoli haqida gapirgan.

U Shimoliy Karolinadagi chiqishida Hillari Klintonni qudratga kelib, hakamlar tayinlashga harakatiga tushsa, uni qurolga egalik qonuni tarafdorlari to'xtatib qolishi ehtimoliga ishora qilgan.

Bu ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidlarga sabab bo'lgan.

Aksariyat Trampni zo'ravonlikka da'vat qilishda ayblagan.

Ammo Trampning saylovoldi tashviqoti guruhiga ko'ra, respublikachi nomzod aslida qurolga egalik qilish huquqi tarafdorlarini ovoz berishga da'vat qilgan, xolos.

Antoni Zercher, tahlil:

Prezidentlikka nomzod Donald Tramp yana saylov tashviqotini bir silkitib qo'ydi. Ta'bir joiz bo'lsa, saylov kampaniyasining "uyiga o't qo'ydi".

Tramp Klinton xonim saylovda g'alaba qozonsa va hakamlarni tayinlashga harakat qilsa, unda qurolga egalik huquqi tarafdorlari uni to'xtatish yo'lida "biror ish qilishlari mumkin bo'ladi", deb aytdi.

Ammo nima ish?

Uning kampaniyasi menejerlariga ko'ra, bu faqat qurolga egalik tarafdorlarini saylovda ovoz berishga da'vat edi.

Ammo ularning bu ta'rifi ishonarli chiqmadi.

Tramp tarafdorlari Klinton xonimni "qamab qo'yish kerak" deb shiorlarni hayqirishdi.

Olovga moy quygan kabi boshqa bir tarafdorlari Trampning bu chiqishini "Klinton otuvga hukm qilinishi va yo bundan ham yomonrog'i" deya ta'riflashdi.

Tramp siyosatchilarning har bir so'zi nafaqat o'zlari uchun, balki mamlakat uchun ham xatarli bo'lishi ehtimolini tan olmaydi.

Obro'si tobora tushib borar ekan, Tramp va uning saylov kampaniyasi menejerlari siyosiy shallaqilik yo'lini tanlashgan ko'rinadi.

Ularga ko'ra, media bir tomonlama, saylov natijalari soxtalashtirilishi mumkin va Klinton xonim beqaror bir tahdid...Xullas, butun dunyo Tramga qarshiday...

Hali noyabrgacha qariyb uch oy oldinda...

Tramning o'zbekistonliklar Amerikaga kirmasin deya yozg'irgani ham aksariyatning onlayn g'azabiga nishon bo'lgan edi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring