Putin: Ukraina terrorga o'tmoqda

Putin Image copyright AP

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qrimda rossiyalik ikki harbiyning o'ldirilishi e'tiborsiz qoldirilmasligini ta'kidladi. Federal xavfsizlik xizmati hodisada ukrainalik maxsus xizmat xodimlarini ayblamoqda.

"Ko'rinishicha, Kievda hokimiyatni bosib olganlar va ushlab turishda davom etayotganlar, murosani qidirish o'rniga, muammoni tinch yo'l bilan hal qilish o'rniga, terrorga o'tishdi", deb keltiradi Interfaks agentligi Putinning so'zlarini.

Putin sodir bo'lgan hodisadan so'ng kutilayotgan "katta yigirmalik" sammiti doirasida "normand formasi" dagi uchrashuvni o'tkazishdan ma'no yo'q, degan.

Janob Putin shuningdek, agar Kievni dastaklayotgan AQSh va Ovro'po davlatlari mojaroni tinch yo'l bilan hal qilishdan manfaatdor bo'lsalar, ular Ukraina hukumatiga bosim o'tkazishlari kerakligini ta'kidlagan.

Chorshanba kuni Federal Xavfsizlik xizmati o'z xodimlari Qrimda Ukraina Mudofaa vazirligi josuslik bosh boshqarmasi uyushtirgan terroristik harakatni bartaraf etganliklarini xabar tarqatdi.

O'z navbatida Ukraina harbiy josuslik xizmati vakili FXX ning xabarini yolg'on deb, Rossiyaning ayblovlarini inkor qildi.

Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari maslahatchisi Yuriy Tandit mamlakat maxsus xizmatlari Qrimni kuch bilan qaytarishga harakat qilmayotganlarini aytgan Interfaks-Ukrainaga. "Ukraina bosib olgani yo'q va o'zining hududini kuch bilan qaytarmaydi", degan u.

Milliy Xavfsizlik xizmati kotibi Aleksandr Turchinov esa FXX ning ukrainalik maxsus kuchlar Qrimda terakt tayyorlayotganlari haqidagi murojaatni "axmoqona buzg'unchilik" deya atagan va gibrid urushining ko'rinishi, degan.

"FSBning bu yolg'on xabarida vaqtinchalik bosib olingan Ukraina erlarida vaziyatni yomonlashtirishga urinishdan boshqa hech bir asos yo'q", deb bayonot bergan Turchinov.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - uzbekbbclondon

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring