Ukraina va Rossiya o'rtasidagi tanglik kuchaymoqda

Poroshenko Image copyright No credit
Image caption Poroshenko

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qrim va Donbassga yaqin hududlarda harbiy kuchlarni yuqori tayyorgarlik holatiga keltirish buyrug'ini bergan.

Rossiya va Ukraina munosabatlarida yangi ziddiyatlar chorshanba kuni boshlandi.

Rossiya federal xavfsizlik xizmati Qrimda "terakt oldi olib qolingani" haqida xabar berdi.

Rossiya tomoni bu "buzg'unchilik amaliga tayyorgarlik" ko'rishda Ukrainaning xavfsizlik xizmatlarini aybladi.

Shuningdek, Zaporoj viloyatida bir shaxs qo'lga olingani va u Rossiya xavfsizlik xizmatiga ko'ra Ukraina josusi ekanini da'vo qilishdi.

Federal Xavfsizlik xizmatining bu bayonotlaridan keyin ham Rossiya va ham Ukraina mulozimlari o'z tillariga erk berishdi.

Rossiya prezidenti Putin Ukrainani "terror amallariga o'tib olganlikda" aybladi va Qrimda ikki rus harbiysi o'ldirilgani uchun Kiev javob berishi kerak, dedi.

Prezident Poroshenko shundan keyin Rossiyani Qrim va mamlakat janubi sharqidagi terrorizmni qo'llashda aybladi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining bayonotini Poroshenko "fantaziya" deb atab, "aslida Ukrainaga navbatdagi harbiy do'q-po'pisalar" deb ta'rifladi.

Amerika aralashdimi?

AQShning Kievdagi elchisi Jefri Payet esa, Amerika Rossiyaning Ukrainaga nisbatan so'nggi ayblovlariga hech bir dalilu tasdiq ko'rmayotganini urg'uladi.

"Bu Rossiya tomonidan Ukraina sha'niga aytilgan ilk yolg'on emas, maqsad jamoatchilik e'tiborini Rossiyaning noqonuniy amallaridan chalg'itish", deb yozdi AQSh elchisi o'zining Twitter mikroblogida.

"Bizning Qrimga nisbatan munosabatimiz doim aniq-ravshan bo'lgan. Qrim Ukrainaning bir qismi edi va shunday qoladi. Rossiyaga nisbatan o'rnatilgan jazo choralari to Qrim yarim oroli Ukraina nazoratiga qaytarilmaganicha bekor qilinmaydi", deb qo'shimcha qildi elchi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring