'Boko Haram' o'g'irlangan qizlar videosini ko'rsatdi

Nigeriyadagi islomchi 'Boko Haram' guruhi Chibuk shahrida ikki yil avval o'g'irlab ketilgan 270 qizdan ba'zilarini namoyish etuvchi vidoni oshkor qilgan.

Videoda niqob kiygan qurolli ortida 50 yaqin qizlar turgani, ba'zilari yig'lagan holda ko'rinadi.

Niqobli kishi qizlardan 40 nafari turmushga berilgani va boshqalari Nigeriya hukumati havo hujumlari oqibatida o'ldirilganini aytgan.

U qizlarni qo'yvorish evaziga jangarilarni qamoqdan ozod qilishni talab etadi.

Qizlardan biri ham ularni ozod qilish yo'lida hukumatni Boko Haramning qamoqdagi a'zolarini qo'yib yuborishga da'vat qilgan.

'Boko Haram' 2014 yil aprel oyida Chibokda 276 maktab o'quvchi qizlarni o'g'irlagan, ulardan ba'zilari keyinroq qochishga muvaffaq bo'lgan edilar.

Biroq aytilishicha, 219 qiz hali ham asirlikda qolmoqda.

Jangari guruh oldin ham qizlar ishtirokida ikki video tarqatgan.

Image copyright AFP
Image caption "Boko haram" G'arb ta'limini harom deb biladi.

'Boko Haram' rahbari Abubakar Shekau qizlar islomni o'rganayotganlarini aytgan, ularni jangarilariga erga berishni yoki qul qilib sotish bilan tahdid qilgandi.

Qizlar o'g'irlanganidan so'ng butun dunyoda ijtimoiy tarmoqlar orqali #BringBackOurGirls (qizlarimizni qaytaring) kampaniyasi boshlangan, unda jumladan AQSh birinchi xonimi Mishel Obama ham qatnashib, jangarilarni qoralagan edi.

Yangi videoga ko'ra, qizlar jangarining savoliga javob berishadi va Nigeriya hukumatidan 'Boko Haram' talabini bajarishni so'rashadi.

Videoda qizlardan biri qo'lida yosh bola bilan o'tiribdi. Bu ba'zi qizlar jinsiy zo'rlanganini bevosita isbotlaydi. Ular jangarilarga erga tegishga majbur qilingan bo'lishlari mumkin.

Yana bir kadrda jangarilar odam tanalarini ko'rsatib, ular 'Boko Haram'ga qarshi aviahujumlar natijasida halok bo'lgan qizchalar jasadi ekanini ta'kidlaydi.

Video 'Boko Haram' guruhi ichida bo'linish yuzaga kelgani haqidagi xabarlar ortidan chiqqani kuzatilmoqda.

Hukumatga ko'ra, 'Boko Haram'ga beriladigan tashqaridan moliyaviy yordam boshqa isyonchi to'dalarga nisbatan kamaygani guruh ichida parokandalikni keltirib chiqargan deb qaralmoqda.

Nigeriyada halifalik o'rnatishini aytadigan "Boko haram" G'arb ta'limini harom deb biladi. Guruhning nomi- Boko Haram ham shu ma'noni anglatadi.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio