Toshkentda yosh ayol suvga cho'kib, olamdan o'tgan

Tashkent

O'zbekistondagi internet nashrlari xabariga ko'ra, Toshkent shahar Sergeli tumani "Quyoshli shahar" ko'ngilochar cho'milish markazida yosh ayol suvga cho'kib, olamdan o'tgan.

Voqea 13 avgust kuni kechki payt sodir bo'lgan, deb xabar beradi "Novosti Uzbekistana" sayti.

Guvohlarning so'zlariga qaraganda, ayol oyog'i tortishib qolgani tufayli suvga cho'kkan. Biroq qutqaruvchilar va odamlar bu holatni kech payqaganlar.

Bundan tashqari suvdan chiqarib olingan ayolga birinchi yordam ko'rsatilgan bo'lsada, biroq "Tez yordam" mashinasi oradan yarim soatdan keyin yetib kelgan.

Bu orada ayolning joni uzilgan.

Ayol cho'milish havzasiga turmush o'rtog'i va ikki bolasi bilan kelgani aytilgan.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring