Karimov GKChPni qo'llab-quvvatlaganmi?

Favqulodda Holat Davlat Qo'mitasi - GKChP

Bundan roppa-rosa 25 yil muqaddam, 1991 yilning 18 avgust kuni SSSRda hokimiyat Favqulodda Holat Davlat Qo'mitasi - GKChP qo'liga o'tdi.

Ittifoqning alohida hududlarida favqulodda holat joriy qilindi, miting va namoyishlar taqiqlandi.

Ammo Moskvada demokratik kuchlar xuntaga qarshilik ko'rsatishdi.

Armiya va namoyishchilar o'rtasidagi to'qnashuvlar ortidan 22 avgust kuni GKChP muvaffaqiyatsizlikka uchradi, uning tashkilotchilari hibsga olindi.

O'sha kunlarda Hindistonga safar qilgan O'zbekiston rahbari Islom Karimov GKChPni ochiq qo'llamagan, ammo unga ochiqchasiga qarshi ham chiqmagandi.

Hodisalardan bir hafta o'tib, u O'zbekiston mustaqilligini e'lon qilgan.

BBC GKChP kunlari Toshkent va Moskvada jarayon qilgan voqealar shohidlari-O'zbekistonning sobiq rahbari Rafiq Nishonov va sobiq adliya vaziri Muhammadbobur Malikov, sobiq deputatlar Muhammad Solih va Jahongir Mamatov, shuningdek, sobiq diplomat Toshpo'lat Yo'ldoshevlar bilan suhbatlashgan.

BBC O'zbek xizmatining maxsus video lavhasini YouTubedagi kanalimizda tomosha qiling

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio