Bishkek va O'sh maktablarida din tarixi o'qitiladi

O'sh

Yangi o'quv yilidan Bishkek va O'sh shaharlarining o'n maktabi 9 sinflarida Din madaniyati tarixi fani sinov loyiha sifatida o'qitila boshlaydi.

Din ishlari bo'yicha davlat komissiyasining bo'lim rahbari Gulnoz Isaevaning so'zlariga ko'ra, diniy vaziyat bo'yicha davlat siyosatini islohlash va diniy tashkilotlar ishlarini nazorat qilish maqsadida 2014 - yili Qirg'iz Respublikasining Mudofaa kengashida qabul qilingan maxsus kontseptsiya asosida qator tadbirlarni o'tkazish belgilangan.

"O'sha kontseptsiyaning muhim yo'nalishlaridan biri - bu dinni o'zlashtirish va diniy bilim berish tarmog'ini isloh qilish va sifatini yaxshilash edi. Uni amalga oshirish bo'yicha hukumat qarori asosida bajariladigan ishlar tuzilgan. Unda o'rta maktablarda din madaniyatining tarixini o'qitish masalasi rejalashtirilgan. Hozircha biz o'n maktabni tanlab olib, sinov loyihasi sifatida bu darslikni kirgizmoqdamiz" - deydi Gulnoz Isaeva.

Qirg'izistonda diniy ta'lim olishga bo'lgan talab kuchli. Bu fanni o'qitishlik zaruriyati dunyoviy dinlar, ularning kelib chiqishi, dinlarning asosiy bo'linishlari, oqimlar haqida kengroq ma'lumot berish bo'lib hisoblanadi deya qo'shimcha qiladi Isaeva.

"Bu darslikni kirgizish bilan qaysidir bir dinga o'zgacha urg'u berilmaydi. Dunyoviy dinlar, Qirg'izistondagi dinlar haqida xolis, ilimiy asoslangan ma'lumotlar beriladi. O'qituvchilarni tayyorlayotganimizda ham bu masalaga e'tibor qaratamiz. Bu ma'suliyatli ishni boshlab olib, keyin yomon oqibatlarga sababchi bo'lib qolmaymizmi, natijasi qanday bo'ladi deb o'ylashimiz kerak" - deydi Din ishlari bo'yicha davlat komissiyasining bo'lim rahbari.

Qirg'iz ta'lim akademiyasining bo'lim rahbari Murat Imankulov, mazkur darslikni maktablarda o'tilishi, hozirgi kunda radikalizm kuchayib borayotganda, o'kuvchilarga din tarixini o'rgatishda muhim deya, uni qo'llab kuvvatlaydi.

"Qirg'izistonda 5-sinfdan boshlab tarix fani o'qitiladi. O'sha davrdan boshlab dinlar, ularni paydo bo'lishi, rivojlanishi to'g'risida ma'lumotlar beriladi. Aynan bu darslikni kirgizilishi esa, hozirgi diniy radikalizm kuchayib, yoshlar turli xil oqimlarga kirib ketayotgan vaziyatga javob bo'ladi. To'qqizinchi sinfga kirgizilayotgani ham bejiz emas. Sababi bu yoshdagi bolalar fikrlashi, dunyo qarashi kengayib, qoliplanib borayotgan davr hisoblanadi" - deya tushuntiradi Murat Imanakulov.

Bishkek shahridagi 89 - son o'rta maktabining tarix fani o'qituvchisi Qanat Urmatov, o'qituvchilar, asosan tarixchilar mazkur fanni, o'quvchilarga etarli darajada ma'lumot berib o'tishlik uchun maxsus tayyorlash kurslaridan o'tishlari kerakligini aytadi.

"O'qituvchilar universitetlarda dinlar haqida maxsus ma'lumotlar olishgan. Lekin, baribir maxsus kurslardan qayta o'tishlari lozim. Mazkur loyiha amalga oshsa, yana nimalar etishmaydi, nimalar qilish kerak degan yangi muammolar paydo bo'ladi va unga yarasha harakat qilishimiz kerak" - deb aytadi o'qituvchi Qanat Urmatov.

Qirg'iz ta'lim akademiyasining bo'lim rahbari Murat Imankulov bu fanni maktab darsligiga kirgizishlik masalasi 2009 - yildan beri muhokama qilinayotgani, ta'lim vazirligida bu masala yuzasidan qator variantlar ishlab chiqilganini va bunda eng avvalo maktab o'quvchilari manfaatlari, keyin o'qituvchilar imkoniyatlari inobatga olinganini ma'lum kildi.

"Biz Rossiya, Turkiya, Amerika va boshqa g'arb davlatlari tajribalarini o'rganib chiqdik. Islom davlatlarida bu masala qanday hal etilayapti, ular bilan ham tanishdik. Eng muhimi o'zimizning tajribamizdan kelib chiqqan holda, uni asos qilib oldik" - deydi Murat Imanakunov.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•◾TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•◾Instagram - BBC UZBEK

•◾Twitter - BBC UZBEK

•◾Odnoklassniki - BBC UZBEK

•◾Facebook - BBC UZBEK

•◾Google+ - BBC UZBEK

•◾YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•◾Skype - uzbekbbclondon

•◾bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring