Qarshida naqd pul muammosi yanada kuchaygan

pensiya

O'zbekistonda ro'yxatdan o'tmagan O'zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati faoli Gulshan Qoraeva Bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimovga murojaat e'lon qilgan.

Xatida qashqadaryolik pensionerlar pensiyalarini ololmayotganlari, insonlarning o'zidan so'ramasdan pensiya va nafaqalari plastik kartalarga o'tkazilayotgani va naqd pul qilishda o'z mablag'idan insonlar 20 foizini yo'qotayotganini yozgan.

O'zbekistonda bir necha yildan buyon maosh va pensiyalar majburan plastik kartalarga o'tkazilayapti, rasmiylar esa bu narsa majburiy emas, ixtiyoriy, deya ta'kidlab kelmoqdalar.

Qarshilik manbalarimizning bildirishicha, nafaqaxo'rlarning pullari 100 foiz plastik kartochkalarga o'tkazilganidan beri pulni bankdan borib olish azobli jarayonga aylangan.

"Har oy boshidan oxirigacha banklar oldida olomon to'planadi, xuddi bir hodisa ro'y berayotgandek. Kuni bo'yi kutgan nafaqaxo'rlarning uch-to'rttasi pul olishga ulguradi. Ertasi kuni bu holat yana davom etadi", deydi pensiya pulini olishga borib, noumid qaytgan suhbatdoshimiz.

Uning aytishicha, nafaqaxo'rlardan so'ramasdan yoki roziligini olish uchun aniq tushuntirish bermay, pullarini plastik kartochkalarga o'tkazilishi odamlarni tobora norozi qilmoqda.

Gulshan Qoraeva bunday vaziyat Qarshi shahrida qanchadan buyon davom etayotgani haqida aytadi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Гулшан Қораева

◾ BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

◾ TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

◾ Instagram - BBC UZBEK

◾ Twitter - BBC UZBEK

◾ Odnoklassniki - BBC UZBEK

◾ Facebook - BBC UZBEK

◾ Google+ - BBC UZBEK

◾ YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

◾ Skype - uzbekbbclondon

◾ bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring