Londonda tungi metro ish boshlaydi

London

Juma kundan boshlab London metrolarida birinchi tungi poezdlar harakati yo'lga qo'yiladi. London aholisi bu voqeani qariyb uch yil kutishiga to'g'ri keldi.

London metrosining Victoria va Central yo'nalishlari bo'yicha qatnovchi poezdlari dam olish kunlaridan boshlab 24 soat davomida ishlaydi.

Tungi metro ochish 2013 yilda rejaga kiritilgan.

O'shandagi rejaga binoan, loyiha 2015 yil sentyabrda amalga oshirilishi kerak edi. Biroq yer osti yo'li ishchilari noroziligi tufayli ish ma'lum vaqtga to'xtatildi. Ishchilar tungi ish soatlari uchun to'lanadigan ish haqiga rozi bo'lmaganlar. 2016 yil mart oyida bu borada murosaga kelingan.

Xabar qilinishicha, tungi poezdlar har 10 daqiqa oralab yuradi.

London hokimi Sodiq Xon birinchi poezd bilan Victoria yo'nalishida "Brikston" stantsiyasigacha borishini bildirdi.

Image caption London hokimi Sodiq Xon butun poytaxt aholisini uzoq kutilgan voqea bilan qutladi.

"Men sizni qutlayotganimdan baxtiyorman. Ulkan sondagi insonlar kechki soatlarda ishdan qaytishlari va hamshira, shifokor, qo'riqchi, mehmonxona xizmatchilari kabi kasbdagilar tunda ishga borishlariga to'g'ri keladi, endi ularga ancha qulay bo'ladi. Bundan tashqari bu London kechki hayotiga o'zgarish kiritadi", deb aytgan shahar hokimi Sodiq Xon.

Kuzga borib Jubilee, Piccadilly va Northern yo'nalishlarida, shahar hokimligining 2017 yilgi rejalariga binoan, Metropolitan, Circle, District va Hammersmith & City va yer usti metrosida ham tungi poezdlar qatnovi yo'lga qo'yilishi kutilmoqda.

Tungi soatlarda yo'l haqi kunduzgi tig'iz vaqtdan tashqarida to'lanadigan narxda belgilangan va kunduzgi chiptalar ertalabki 4.30gacha amal qiladi.

Dunyoning yana qaysi joyida tungi metro bor?

Kopengagenda 2009 yildan boshlab 24 soatlik metro yo'lga qo'yilgan bo'lib, poezd haydovchisiz avtomatik tarzda harakatlanadi.

Stogolm, Vena va Berlinda ham dam olish kunlari tungi poezdar yuradi.

Bilbao va Barselonada yer osti yo'li shanba kunlari 24 soat ochiq.

Bu jihatdan Nyu-York eng ilg'or bo'lib, haftaning yetti kunida ham tunu kun ishlaydi.

Transport for London (TFL) shirkatiga ko'ra, tungi poezdlarni yo'lga qo'yishdan olinadigan daromad kuniga 6,4 mlrd funt(8,3 mlrd dollar) ni tashkil qilib, 2030 yilga borib 500 ming yangi ish o'rinlarini ochishga imkon beradi.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•◾TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•◾Instagram - BBC UZBEK

•◾Twitter - BBC UZBEK

•◾Odnoklassniki - BBC UZBEK

•◾Facebook - BBC UZBEK

•◾Google+ - BBC UZBEK

•◾YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•◾Skype - uzbekbbclondon

•◾bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring