O'zbekistonliklar matematika olimpiadasida g'olib bo'lishdi

O'zbekiston matematika Image copyright JAHON

O'zbekistonlik o'quvchilar Singapurda bo'lib o'tgan matematika fani bo'yicha xalqaro olimpiadada besh oltin, 8 kumush, 9 bronza medalini olib qaytishdi.

"Jahon" axborot agentligiga ko'ra, Singapore International Math Olympiad Challenge 13−14 avgust kunlari Singapur poytaxtida o'tkazilgan.

O'zbekiston jamoasidan Abdurahim Aripov, Muhammadamin Rahmonberdiev, Abdulla G'ayratullaev, Marina Ten va Vladislav Galperinlar oltin medalni qo'lga kiritishgan.

Daniyar Monke, Alina Yuvakaeva, Roman Galperin, Javohir Rustamxonov, Abdulaziz Norxo'jaev, Nozima Odilova, Bunyod Karimiy va Ulug'bek To'xtasinov kumush medalga sazovor bo'lgan.

Abduqodir Abdurashidov, Alijon Yusupov, Jasurbek Rustamxonov, Diana Mongke, Behruz Shukurillaev, Ziyoda Xojimuhamedova, Asadulla, Ruxsoraxon va Istoraxon Nurullaxo'jaeva bronza bilan taqdirlandi, deb xabar beradi agentlik.

Singapur kommunikatsiya va axborot vaziri Chi Xong Tat va Singapur xalqaro matematika musobaqalarini o'tkazish markazi direktori Genri Ong o'zbekistonlik o'quvchilarning katta muvaffaqiyati bilan qutlagan.

Oldingi yillarda ham matematika olimpiadasida o'zbekistonlik maktab o'quvchilar va oliy o'quv yurti talabalari yuqori o'rinlarni egallaganlar.

2015 yil iyul oyida Xitoyning Chanchun shahrida o'tkazilgan matematika xalqaro musobaqasida O'zbekiston jamoasi ikkinchi o'rinni olgan edi.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio