Putin Samarqandda to'xtab o'tadi

Сурат манбаси, RT
Putinning aytishicha, Karimov O'zbekiston uchun ko'p ish qilgan
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin seshanba kuni shaxsiy tashrif bilan Samarqandda bo'ladi.
Uning Xitoydan qaytishda O'zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovga hurmat bajo keltirish uchun Samarqandga to'xtab o'tishi kutilmoqda.
"Men ertaga Islom Karimovga hurmat bajo keltirish uchun Samarqandga albatta kirib o'taman", - deya Putinning so'zlaridan iqtibos keltirgan Rossiyaning TASS xabar agentligi.
Bu haqda u Xitoydagi "Yirik yigirmalik" sammiti yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumanida gapirgan.
U Karimov "O'zbekiston uchun ko'p ish qilgani"ni ta'kidlagan.
Janob Putin O'zbekistonning yangi rahbariyati ham mamlakatdagi barqarorlikni saqlab qoladi, deb umid qilishini aytgan.
Kecha Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya rahbarining nima uchun Karimovning dafn marosimida ishtirok etolmaganiga izoh bergan va buni Putinning "kun tartibi tig'iz"ligi bilan tushuntirgandi.
Shanba kuni Samarqandda o'tgan dafn marosimida Rossiya hay'atiga Bosh vazir Dmitriy Medvedev boshchilik qilgandi.
U o'zbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoev bilan muzokaralar ham olib borgan.
Dafn marosimida 17 ta davlatdan hay'atlar qatnashgan, ammo aksar MDH rahbarlari, jumladan, Putin va Nazarboev unda ishtirok etishmagan.
Islom Karimovning rasman 2 sentyabr kuni 78 yoshida olamdan o'tgani e'lon qilingan.
• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yokiBBCUZBEK
• Instagram - BBC UZBEK
• Twitter - BBC UZBEK
• Odnoklassniki - BBC UZBEK
• Facebook - BBC UZBEK
• Google+ - BBC UZBEK
• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
• Skype - bbcuzbekradio
• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring