UzWebiston: Ikki shoir mashmashasi

Usmon Azim Image copyright Facebook Nazokat Azim

Facebook ijtimoiy tarmog'ida yana bir mavzuda bahs boshlangan.

O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan shoir Muhammad Ismoil shu kunlarda xotiralarni chop eta boshlagan.

Ularning orasida qator o'zbek ijodkorlari, jumladan O'zbekiston Xalq shoiri Usmon Azimning Islom Karimov haqida aytganlari haqida ham so'z boradi.

Xotiralar ostiga izoh qoldirgan foydalanuvchilar Muhammad Ismoilni xayrli ish boshlagani bilan tabriklashgan.

Ayni paytda shoir Usmon Azimning qizi Nazokat Azim o'zining Facebookdagi sahifasida Muhammad Ismoilning xotiralariga qarshi otasining raddiyasini e'lon qildi.

"5 sentyabr kuni Muhammad Ismoil O'zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning xotiralari asosida yozilgan "Zilzila" hikoyasini Facebookka chiqardi va u boshqa ijtimoiy tarmoqlarga ham tarqalib ketgani ma'lum bo'ldi. Bu hikoyada ancha-muncha noaniqliklar, xato va kamchiliklar bo'lgani bois Usmon Azim u erda keltirilgan faktlarni rad etadi.

Bu voqea aslida qanday bo'lganini Usmon Azimning O'ZI yozgan "Zilzila" xotira lavhasini o'qib bilib olishingiz mumkin", deyiladi raddiyada.

"Usmon Azimning "Zilzila" hikoyasi "Darakchi" gazetasi buyurtmasiga asosan, Muhammad Ismoildan avval yozilgan bo'lib, u 2016 yilning 4 sentyabr kuni gazeta tahririyatiga topshirilgan va nashrning ertangi 36-sonida o'qishingiz mumkin.

Bundan bu yog'iga esa, Usmon Azim o'zi haqidagi har qanday voqealarni yozishdan avval undan ruxsat so'ralishini qat'iy talab qiladi. Bundan tashqari, Usmon Azim o'zi ishtirok etgan voqelar haqida o'zi qalam tebratishga qodir ekanini ham ma'lum qiladi", deyiladi shuningdek.

Usmon Azimning ushbu raddiyasi ham tez orada o'quvchilarning e'tiborini tortib, qo'yilgan post "layk"lar qilinib, o'nlab izohlar qoldirilgan.

Muzaffar Mirzaev: "Zilzila" Usmon Azimning qalamida qanday yozilgan-rosti, o'qimadim. Lekin, Muxammad Ismoilning «varianti»da ham - ayni ma'no va maqsad ko'zda tutilgan deb o'ylayman. Noto'g'ri fikr bergan bo'lsam - oldindan uzr. Bu mening - shaxsiy fikrim, degan fikriga javob qaytargan.

Nazokat Azimga ko'ra, "Usmon Azimning varianti gazetaning ertangi sonida chop etiladi. Xali tahririyat xodimlaridan boshqa hech kim o'qimagan".

Muzaffar Mirzaev: Usmon akamizning qalami, qarashlari va zexni o'tkirligiga-shubxam yo'q! Maqola-xikoyani albatta o'qish niyatidaman.

Maqsud Jonixonov: Usmon Azimni mard va mehribon inson, ulkan shoir sifatida hurmat qilaman. Bu raddiyadan keyin Usmon akaga bo'lgan hurmatim yuz chandon oshdi.

Feruz Ziyodullayev: Yozuvchining uy-xayollari va xotiralarini uning uzidan boshqa xech kim yaxshi yoza olmaydi. Men Muxammad Ismoil yozgan "Zilzila"ni uqimadim. Lekin ertaga nasib qilsa Usmon Azimning "Zilzila"sini uqish niyatidaman.

Bu izohlar orasida Muhammad Ismoilning o'zini ham munosabat bildirganini ko'rish mumkin:

"HAQIQATDAN HAM USMON AKA TO'G'RI AYTIBDILAR. BU VOQEANI MENGA AYTIB BERGANLARIGA BIR NEChA YIL BO'LGAN EDI. ANIQ VA TO'G'RIROG'INI ULUG' USTOZIMIZ USMON AZIMNING O'ZLARI YoZGAN HOLATIDA "DARAKChI" GAZETASINING ERTANGGI SONIDA O'QIShINGIZ MUMKIN. BIROZ NOANIQLIKLAR O'TGAN BO'LSA AZIZ O'QUVChILARIMIZDAN VA USTOZ USMON AZIMDAN KEChIRIM SO'RAYMAN. ASOSIY MAQSADIMIZ MUHTARAM YuRTBOShIMIZNI YaXShI IShLARINI YaXShI XOTIRALAR BILAN ESLASh EDI XALOS. ULUG' YuRTBOShIMIZNI JOYLARI JANNATDAN BO'LSIN, BARChA XAYRLI IShLARINING AJRU MUKOFOTINI OLLOHIMDAN OLSINLAR", deb yozadi u.

O'z navbatida Muhammad Ismoil Facebookdagi sahifasida hammaga murojaat qilib, kimki, uning "Zilzila" nomi ostida xotiralar kitobini bo'lishgan, o'z sahifasida chop qilgan bo'lsa, o'chirib tashlashni so'ragan:

"MUHTARAM FBDOSh DO'STLAR! KIMKI MENI SAHIFAMDAN "ZILZILA" NOMLI XOTIRA YoZUVLARIMNI O'Z SAHIFASIGA KO'ChIRIB BOSGAN BO'LSA, Ya'NI "PODELITSYa" QILGAN BO'LSA, O'Z SAYTLARIGA QO'YGAN BO'LSA, QOG'OZGA KO'ChIRIB OLGAN BO'LSA, ILTIMOS O'ChIRIB TAShLAShINGIZNI SO'RAYMAN. KIMKI MENI HURMAT QILSA UShBU ILTIMOSIMNI RAD ETMAYDI DEGAN UMIDDAMAN. PREZIDENTIMIZ HAQIDAGI YaNGI YaNGI HIKOYaLARNI ESA YoZIShDA DAVOM ETAMIZ! RAHMAT DO'STLAR!" deydi Muhammad Ismoil.

Foydalanuvchilar Nazokat Azimdan Usmon Azimning o'zining yozganlarini joylashini so'raganlar.

Gulnora Rahmon Nazokatxon, sahifangizga qo'ying, o'qiymiz, deydi.

Nazokat Azim: Keyingi haftaning o'rtalarida qo'yolaman:)))) Maqola nashrga berilgach, u chop etilib, odamlarning qo'liga etib bormagunga qadar uni internetga chikarmaslik yozilmagan qoida bo'lib qoldi.

Izohlar orasida shoir Muhammad Ismoilni tanqid qilganlari ham bor.

Bunday salbiy izohlarga fikr bildirarkan Usmon Azimning qizi Nazokat Azim: Do'stlar, mazkur post bilan Muhammad Ismoilni aslo xafa qilish niyatimiz yo'q edi. Ammo bu raddiya bo'lmasa, bir voqeaning ikki xil yozilishi odamlarda turli savollar tug'dirishi mumkin edi. Ayniqsa, Prezidentimiz bilan bog'liq bo'lgani uchun injiqlik qildik. Muhammad aka, ishlaringizga rivoj, ijodingiz gurkirayversin!", deya tilak bildiradi.

BBC ikki shoirga sharh uchun qo'ng'iroq qildi. Biroq ular bilan ulanishning imkoni bo'lmadi.

•◾BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•◾TELEGRAMDA ESA kanalimiz - http://bbc.in/2c00djI yoki BBCUZBEK

•◾Instagram - BBC UZBEK

•◾Twitter - BBC UZBEK

•◾Odnoklassniki - BBC UZBEK

•◾Facebook - BBC UZBEK

•◾Google+ - BBC UZBEK

•◾YouTube - BBCUZBEK (http://bbc.in/2bHZ9nr)

•◾Skype - bbcuzbekradio

•◾bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring