Намоз Нормўмин: Президент ваколати 27 августда Сенат раисига топширилиши керак эди
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Prezident vakolati 27 avgustda Senat raisiga topshirilishi kerak edi"

O'zbekiston ommaviy axborot vositalari Islom Karimovning vafoti munosabati bilan xorijiy davlatlardan ta'ziyalar kelayotgani haqida xabarlar tarqatmoqda.

Matbuotda xorijiy davlatlar rahbarlarining nomlari e'lon qilindi.

Ammo bu ta'ziyalar kimning nomiga kelayotganini aytmaslik ma'qul ko'rilmoqda.

Avgust oyi oxirigacha matbuot va televidenieda e'lon qilingan chet el rahbarlari yuborgan har qanday tabrik yoki hamdardlik xatlarining Islom Karimovga yo'llangani ma'lum qilinardi.

Rasman Islom Karimovning 2 sentyabr kuni olamdan o'tgani e'lon qilindi.

Karimov vafoti munosabati bilan mamlakatda uch kun motam bo'ldi.

Dastlab Islom Karimovning salomatligi yomonlashgani haqida Vazirlar Mahkamasining bildirishnomasi e'lon qilindi.

2 sentyabr tunida esa Islom Karimovning vafoti haqidagi xabar Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston parlamenti nomidan o'qib eshittirildi.

Dafn marosimi komissiyasi parlament va hukumat tomonidan tashkillashtirilgani aytildi.

O'zbekistonning amaldagi konstitutsiyasi bo'yicha marhum prezidentning vakolatlari Senat raisi Nig'matilla Yo'ldoshevga o'tishi kerak edi.

Nega shu paytgacha Nig'matilla Yo'ldoshev prezidentlik vakolatlarini o'z zimmasiga olgani haqida e'lon qilmadi, deya savol qo'yadi Turkiyada istiqomat qiladigan muxolifatchi, "Turkiston jamiyati" rahbarlaridan biri, 2015 yili onlayn muqobil O'zbekiston prezidentligi saylovida o'z nomzodini ilgari surgan Namoz Normo'min.

Namoz Normo'min bilan suhbatni tinglang

•◾BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•◾TELEGRAMDA ESA kanalimiz - http://bbc.in/2c00djI yoki BBCUZBEK

•◾Instagram - BBC UZBEK

•◾Twitter - BBC UZBEK

•◾Odnoklassniki - BBC UZBEK

•◾Facebook - BBC UZBEK

•◾Google+ - BBC UZBEK

•◾YouTube - BBCUZBEK (http://bbc.in/2bHZ9nr)

•◾Skype - bbcuzbekradio

•◾bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring