Shavkat Mirziyoev Senat majlisida

Mirziyoev

O'zbekistonning muvaqqat prezidenti etib tayinlangan Bosh vazir Shavkat Mirziyoev Senat majlisida so'zga chiqib, Islom Karimovning bevasi Tatyana Akbarovna va qizi Lola Karimova-Tillaevaga alohida ta'ziya izhor etdi. Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimova va boshqa yaqinlarini eslamadi.

https://www.youtube.com/watch?v=YrzEYyfeKwA

"Ulug' ustozimiz Islom Abduganievich boshlagan ishlar albatta davom ettiriladi", deb va'da berdi u.

O'zbekiston Konstitutsiyasining 96-moddasiga binoan, prezident vafot etsa yoki vazifalarini boshqarishga imkonsiz bo'lsa, prezidentning vakolatlari Senat raisiga o'tishi yozib qo'yilgan.

Biroq, O'zbekiston hukumati Senat raisi Nig'matulla Yo'ldoshev ushbu lavozimni boshqarishdan o'z xohishiga ko'ra voz kechganini aytgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu xabar keng muhokama qilinmoqda.

Aksariyat foydalanuvchilar "Mayda qonunlarning buzilishini tushunish mumkindir, lekin Bosh qonun buzilishi kechirilmas hol", deb fikr qoldirganlar.

•◾ BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•◾ TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•◾ Instagram - BBC UZBEK

•◾ Twitter - BBC UZBEK

•◾ Odnoklassniki - BBC UZBEK

•◾ Facebook - BBC UZBEK

•◾ Google+ - BBC UZBEK

•◾ YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•◾ Skype - bbcuzbekradio

•◾ bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring