Musulmonlar Qurbon Hayitini nishonlashmoqda

Saudiya Arabistoni

Saudiya Arabistonida millionlab musulmonlar bu yilgi Haj amalining shaytonga tosh otish ruknini ado etisharkan, dunyo bo'ylab ularning dindoshlari Iyd al-Adha yoki Qurbon bayramini nishonlashmoqda.

O'zbekistonlik hojilar ham Minoda Hajning so'nggi ruknlaridan shaytonga otish otish marosimini ado etishgan.

Diniy qo'mitaning xabariga ko'ra, hojilar O'zbekistonning kelajagi yorug', hayoti farovon bo'lishi uchun Allohdan so'rab duo qilishgan.

O'zbekistondagi barcha jome' masjidlarida Hayit namozlari o'qilgan.

Hayit namozlari ertalabki soat 6.30da boshlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham foydalanuvchilar Qurbon Hayiti munosabati bilan bayram lahzalari aks etgan suratlarni bo'lishganlar.

Image copyright Reuters

Moskvadagi Qurbon Hayiti namozida o'n minglab musulmonlar ishtirok etganlari yozilgan Rossiya saytlarida.

Mehnat muhojirlariga ko'ra, Moskvaning markaziy masjidiga sig'magan musulmonlar barcha yondosh ko'chalarni egallashgan.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring