Hindiston Kashmirda komendantlik soati e'lon qildi

Kashmir Image copyright AFP

Dunyo musulmonlari Qurbon Hayitini nishonlayotgan kunlarda Hindiston o'z nazorati ostidagi Kashmirda xavfsizlik choralarini kuchaytirgan.

Xavfsizlik kuchlari Kashmirdagi qator yirik masjidlarga eltadigan yo'llarni to'sib qo'yganlar, mobil aloqa va Internet xizmatlari to'xtatilgan.

Bunga qo'shimcha 13 sentyabrdan boshlab xavfsizlik kuchlari osmondan pastdagi vaziyatni kuzatib turish uchun uchuvchisiz boshqariladigan kuzatuv jihozlari - dronlardan foydalanishni boshlagan.

Armiyaga har qanday zo'ravonlikni bostirishga tayyor bo'lib turish buyrug'i berilgan.

Image copyright EPA

Kashmirdagi matbuot xabar qilishicha, ko'chalar va do'konlarda oldingi yillardagi Hayit kunlariga solishtirganda odamlar va xaridorlar kamligini ko'rish mumkin, nonvoyxonalar va qassobxonalarda ham avvalgidek gavjumlik kuzatilmaydi.

Hindistonning The Press Trust of India agentligi xabar qilishicha, Kashmirning eng muhim Iydgoh va Hazratbol deb nomlangan maqbaralarida oxirgi 26 yil mobaynida ilk bor Hayit ibodatlari va bayram tadbirlari o'tkazilmagan.

Hindiston rasmiylari xabar qilishicha, o'z nazoratlaridagi hududda komendantlik soati e'lon etilishi sababi, bo'lginchilarning norozilik amaliyotlari tashkil etishining oldini olish bo'lgan.

Shu yil 9 iyulida Kashmirning Hindiston boshqaruviga qarshi qurolli qarshilik ko'rsatib keladigan guruhning harbiy qo'mondoni 22 yoshli Burhon Vaniyning o'ldirilishi noroziliklarga sabab bo'ld i.

Oqibatda bo'lginchi kayfiyatdagi guruhlar xabar qilishicha, o'shandan buyon 70 dan ortiq tinch fuqaro o'ldirilgan.

Bu guruhlar Qurbon Hayitida hayotdan ko'z yumgan insonlarni xotirlashga chaqirgan edilar.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring