Rio-2016: O‘zbekiston rekord natija ko‘rsatdi

Нозимахон Қаюмова Image copyright Getty Images

O'zbekiston XV Rio Yozgi Paralimpiada O'yinlarini tarixiy natija bilan yakunladi:

32 ta paralimpiyachisi O'yinlarning 31 ta medalini qo'lga kiritdi.

Bu medallarning 8 tasi oltin, 6 tasi kumush va 17 tasi bronza bo'ladi.

O'zbekiston Paralimpiya terma jamoasi Rioda qo'lga kiritgan medallarining soni bo'yicha Markaziy Osiyoda eng zo'r, sobiq Ittifoq va Osiyo qit'asida ikkita eng yaxshi natijadan bittasini ko'rsatdi.

O'zbekistonlik paralimpiyachilar, bundan tashqari, Rio Yozgi Paralimpiadasida 3ta jahon va 3 ta Yozgi Paralimpiya O'yinlari rekordini yangilashdi.

Rio Yozgi Paralimpiadasida rekord qo'yish bo'yicha Ukraina qatorida ikkita eng yaxshi natija ko'rsatgan sobiq Sho'ro davlatidan bittasi bo'lishdi.

Osiyo qit'asida esa, rekord qo'yish bobida Rio Paralimpiya O'yinlarini hisobidagi 237 ta medali bilan medallar jadvali peshqadami sifatida yakunlagan Xitoy bilan deyarli barobar natija ko'rsatishdi.

O'zbekistonlik paralimpiyachi dzyudochilar esa, O'yinlarning 10 ta medalini qo'lga kiritib, ilk bor butun dunyoda o'ziga xos rekord o'rnatishdi - dzyudo bo'yicha Rio Yozgi Paralimpiada O'yinlari medallar jadvali ilg'origa aylanishdi.

Bunaqasi na-da O'zbekiston va na-da Markaziy Osiyo Paralimpiya O'yinlari tarixida kuzatilgan.

Image copyright Reuters

•1.Husniddin Norbekov: (Yadro uloqtirish bo'yicha jahon rekordini yangiladi;)

•2.Fotimaxon Amilova: (Suzish bahslarida jahon va Yozgi Paralimpiada O'yinlari rekordini yangiladi;)

•3.Aleksandr Svechnikov: (Nayza irg'itish bo'yicha Yozgi Paralimpiada O'yinlari rekordini yangiladi;)

•4.Nozimaxon Qayumova: (Nayza irg'itish bo'yicha jahon va Yozgi Paralimpiada O'yinlari rekordini yangiladi;) lar

Rioda rekord o'rnatgan o'zbekistonlik paralimpiyachilar bo'lishdi.

Rio Paralimpiadasi

O'zbekistonlik paralimpiyachilar Rio Yozgi Paralimpiadasida rekord sonda ishtirok etishgan.

Ustiga ustak, ja'mi 32 nafar ekanliklariga qaramay, O'yinlarning 58 ta yo'llanmasini qo'lga kiritishgandi.

XV Rio Yozgi Paralimpiadasi 7(8) sentyabr kuni rasman ochilgan va o'zbekistonlik paralimpiyachilar O'yinlarning eng so'nggiga qadar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishgandi.

O'zbekiston Paralimpiya terma jamoasi hisobiga so'nggi 31 nchi va 8-oltin medalini kecha 17(18) sentyabr kuni bo'lib o'tgan nayza irg'itish bahslarida yengil atletikachisi Nozimaxon Qayumova keltirgan.

Nozimaxon O'yinlarning oltin medalini olish barobarida, jahon va Yozgi Paralimpiya O'yinlari rekordini ham yangilagan.

Yengil atletikachisining so'nggi yutug'i ortidan, O'zbekiston hisobidagi ja'mi 31 ta medali bilan medallar jadvalida 15-o'rinni egalladi va O'yinlarni yana bir tarixiy natija bilan yakunladi.

Image copyright Getty Images

Rio Yozgi Paralimpiadasida medallarni jamoa hisobiga dzyudochilari, suzuvchilari va yengil atletikachilari keltirishdi.

Riodagisi - O'zbekiston Paralimpiya terma jamoasi ishtirok etgan uchinchi Yozgi Paralimpiya O'yinlari bo'lgan, bungacha jamoa faqat bitta kumush medali olishga muvaffaq bo'lgandi.

O'zbekistonlik g'olib paralimpiyachilarga qancha miqdordagi mukofot pullari ko'zda tutilganiga oid rasmiy xabarlar hozircha imkonli emas.

Ammo, Toshkentdan olingan ayrim xabarlarga ko'ra, ularga ham o'zbekistonlik Rio Yozgi Olimpiadasi sovrindorlariga berilgan miqdorda mukofot pullari saqlanib qolishi mumkin.

O'zbekiston Olimpiada terma jamoasi ham Rio Yozgi Olimpiadasida tarixiy natija qayd etgan, jamoa hisobida ja'mi 13 ta medali bilan Toshkentga qaytgan 23 avgust kuni hozirda marhum prezident Islom Karimov ularni mamlakat tarixida kuzatilmagan miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlash to'g'risidagi farmonga imzo chekkan.

Image copyright Getty Images

Prezident farmonida Rio Olimpiadasi oltin medali sovrindorlarini 200.000 AQSh dollari, kumush medali sovrindorini 100.000 AQSh dollari va bronza medali sovrindorini 75.000 AQSh dollari bilan mukofotlash ko'zda tutilgandi.

Buning ortidan, prezident Islom Karimov ularni davlat mukofotlari bilan taqdirlashga ham farmon bergandi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi bunga qo'shimcha olimpiadachilarga Chevrolet "Malibu" rusumidagi avtomobillar kalitlarini ham topshirgandi.

O'zbekistonlik paralimpiyachilar esa, Rio Yozgi Paralimpiadasidagi ishtiroklarini prezident Islom Karimov vafotidan 5 kun o'tib boshlashgandi.

Joriy paytda esa, Senat qaroriga muvofiq, O'zbekistonga mamlakat Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev muvaqqat prezidentlik qilmoqda.

Image copyright Reuters

Rio va Markaziy Osiyo

Rio Yozgi Paralimpiadasida Markaziy Osiyoni O'zbekistondan tashqari yana Qozog'iston, Tojikiston va Turkmaniston namoyon etgan. Qirg'iziston esa, O'yinlarda umuman ishtirok eta olmagandi.

Qozog'iston hisobidagi bitta oltin va bitta kumush medali bilan Rioda O'zbekistondan keyin eng yaxshi natija ko'rsatgan ikkinchi mintaqa davlati bo'lgan.

Tojikiston va Turkmaniston esa, Rio Yozgi Paralimpiya O'yinlarini biror bir medalsiz yakunlashgan.

Qo'shni Afg'oniston esa, O'yinlarda bitta yengil atletikachisi bilan ishtirok etgan, ammo Muhammad Naim Durroniy ham Rio Yozgi Paralimpiadasining biror bir sovrinli o'rinlariga ko'tarila olmagan.

Ukraina esa, Rio Yozgi Paralimpiya O'yinlarida eng yaxshi natija qayd etgan sobiq Ittifoq davlati bo'lgan.

Image copyright Reuters

Ukraina O'yinlarni ja'mi 117 ta medal bilan yakunlab, medallar jadvalida yuqori uchlikka kirishga muvaffaq bo'lgan.

Umumjamoa hisobida esa, Xitoy va Buyuk Britaniya (Shimoliy Irlandiya) XV Rio Yozgi Olimpiadasida eng yaxsh natija qayd etgan dunyoning ikkita davlati bo'lishdi.

Xitoy O'yinlarni ja'mi 237 ta, Buyuk Britaniya (Shimoliy Irlandiya) 147 ta medal bilan yakunlashdi.

2020 yilgi Yozgi Paralimpiya O'yinlariga esa, Yaponiyaning Tokiosi mezbonlik qiladi.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.
  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek ёки BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг.