Атамбаев: ‘3 яшар болани топинг’
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Atambaev: "3 yashar bolani toping"

O'zining 60 yoshli yubileyini nishonlagan Qirg'iziston Prezidenti Almazbek Atamboev Internet ijtimoiy tarmoqlarida qizg'in bahsu-munozaralarga olib kelgan uch yoshli bolaning ahvolini o'rganishga buyruq bergan.

Internetda yerga to'shalgan karton qog'ozi ustida uxlab yotgan go'dakning fotosurati tarqalgan.

Sotsial tarmoq foydalanuvchilari yozishicha, fotosurat Qirg'iziston janubidagi O'sh viloyati Qorasuv tumanidagi Qorasuv bozorida olingan.

Bolakayning ota-onasi bilan bozorga chiqishga majbur bo'layotgani, ota-onasiga yordam berib charchagani tufayli karton qog'ozi ustiga yotib uxlab qolganini yozishgan Internet foydalanuvchilari.

Bundan xabar topgan Prezident Atamboev bolaning shaxsini hamda uning ota-onasining moliyaviy ahvolini o'rganishni buyurgan.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring