Mirziyoev bog'bonlarga g'amxo'rlikni boshladimi?

Bozordagi mevalar

2016 yil 20 sentyabridan chetga meva-sabzavot eksport qiluvchilarning majburiy valyuta to'lovi ikki barobar kamaytirilgan.

Bu haqdagi muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoevning qarori matnini O'zbekiston televideniesi o'qib eshittirgan.

Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida O'zbekiston prezidentining qarori bilan tanishing

Qarorda aytilishicha, O'zbekistonda etishtirilgan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari eksporti bilan shug'ullanadigan har qanday turdagi xo'jalik o'z mahsulotini sotishdan tushgan valyutaning 25 foizini davlatga topshirishi shart.

Bundan oldin ulardan valyuta tushumining 50 foizini topshirish talab qilingan.

Agar O'zbekiston bog' va polizlarida yangi uzilgan, quritilgan yoki qayta ishlangan meva-sabzavot xorijga chiqarilayotgan bo'lsa, ushbu meva-sabzavotning kamida 30 foiz haqini oldindan to'lash talabi qo'yilgan.

O'zbekistonning meva-sabzavoti va poliz mahsulotlarini xorijga olib chiqish bilan, chetda sotish bilan "O'zagroeksport" shirkati shug'ullanadi, bu shirkat shu yil aprelida tashkil etilgan edi.

Yozda Toshkentda bo'lib o'tgan meva-sabzavot yarmarkasida O'zbekiston bu boradagi o'z eksportini ikki barobar ko'paytirish maqsadini ko'zlagani e'lon qilindi.

Bosh vazir Shavkat Mirziyoev 2020 yilga borib O'zbekiston meva-sabzavot ishlab chiqarishni yiliga 32 million tonnaga yetkazishni rejalashtirayotganini aytgandi.

O'zbekistondagi ziroatchilikni yaxshi biladigan ekspertlar O'zbekiston paxtachilikni keskin kamaytirib, o'rniga meva-sabzavot yetishtirishni ko'paytirishi respublika iqtisodiyoti va o'zbekistonliklarning farovonligiga foydaliroq bo'lishini anchadan buyon aytib keladilar.

Siz qanday fikrdasiz, ushbu qadamlar o'zbekistonlik dehqon va bog'bonlarning farovonligini oshirishga naqadar yordam beradi?

Yoki bundan yana faqat eksportchi shirkatlar manfaatdor bo'ladilarmi?

O'z fikr-mulohazalaringizni uzbek@bbc.co.uk elektron pochtasiga yo'llang yoki BBC UZBEKning sotsial tarmoqlardagi sahifalarida qoldirishingiz mumkin.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring