Anjelina Joli va Bred Pitt ajrashmoqda

Anjelina Joli va Bred Pitt Image copyright Getty Images

Amerikalik aktrisa Anjelina Joli turmush o'rtog'i Bred Pittdan ajralish uchun ariza bergan.

Aktrisaning matbuot xizmati bildirishicha, "oilaning sog'ligi haqqi" shunday qarorga kelingan.

Shu bilan birga, Jolining himoyachisi bu mavzuda izoh bermasligini qayd etib, jurnalistlardan aktrisaning shaxsiy hayotini hurmat qilishni so'ragan.

Amerika va Britaniya nashrlariga ko'ra, Jolining ajralish to'g'risidagi arizasida eri bilan murosaga kela olmaganiga ishora qilinadi. Shuningdek, olti bolani Jolida qoldirish va Pittga ularni ko'rib turishga ruxsat berishni so'raydi.

Jurnalistlar ta'kidlashicha, Joli farzandlar tarbiyasida eri qo'llagan usuldan norozi bo'lgan.

Bu borada Pitt va uning vakillari tomonidan munosabat bildirilganicha yo'q.

Anjelina Joli va Bred Pitt 2014 yilda rasman turmush qurishgan. Bungacha 10 yil birga yashab, olti bolani tarbiyalashgan. Farzandlarining uchtasi biologik, uchtasi asrab olingan.

Bred Pitt Anjelina Jolidan oldin aktrisa Jenifer Anistonni tark etgan edi.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring