Mashhur bokschi Rufat Risqiev oyog‘i kesildi

risqiev

Сурат манбаси, Google

O'zbekistonlik mashhur bokschi, sobiq jahon chempioni Rufat Risqiev oyog'ida gangrena boshlangani sababli, shifokorlar o'ng oyog'ini tizzadan pastini kesib tashlashga majbur bo'lganlar.

Fergana.ru saytiga ko'ra, Rufat Risqiev Toshkentdagi 16-kasalxonada jarrohlikni boshdan kechirgan.

Boskchining oilasi biroz oldin u oyog'ida qattiq og'riqdan shikoyat qilganini aytadi.

Kasalxonaga olib borilganda, shifokorlar tromblar uzilganini, zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o'tkazish kerakligini ma'lum qilganlar.

Oilasining bildirishicha, operatsiyadan so'ng Rufat Risqievning salomatligi tiklanmoqda, hozir o'zini yaxshi sezyapti.

Bundan bir necha yil oldin ham sobiq bokschi ikkala oyog'ida ham jarrohlik amaliyoti o'tkazgan. Shifokorlar qattiq parhez va davolash talablariga rioya qilishni buyurganlar.

Ikkinchi oktyabrda Rufat Risqiev 67 yoshga to'ladi.

Сурат манбаси, Getty Images

O'tgan asrning 1974 yilida Gavanada Rufat Risqiev jahon chempioni bo'lishga erishgan. Biroq chempionlik unga juda qimmatga tushgan, salomatligini yo'qotgan, jang payti qo'l suyaklarining etti joyi singan.

Rufat Risqiev o'z karьerasi davomida u 189 ta jang o'tqazib, 174 tasini g'alaba bilan yakunlagan. Ikki marta Sobiq ittifoq chempioni, jahon chempioni va 1976 yilgi Olimpiada o'yinlarining kumush medali sovrindori bo'lgan.Olimpiada o'yinlarining kumush medali sovrindori bo'lgan.

Ayni paytda "Toshkent yo'lbarsi" nafaqada, davlat beradigan 450 ming so'm pensiyaga hayot kechiradi.

Bi-bi-si O'zbek Rio Olimpiadasi paytida Yozgi Olimpiada O'yinlarining sovrindori bo'lgan ilk o'zbek bokschisi Rufat Risqiev bilan suhbatlashib, o'zbek bokschilarining yutuqlari haqida ta'surotlarini so'ragan.

Rufat Risqiev O'zbek boksining kelajagi porloq deb aytgandi.

"Biz bu erda ularning janglarini bolalar bilan sakrab o'tirib, ko'rdik. Bizning bokschilarimiz fazoga etishdi, Gagarin bo'lib ketishdi. Hali yana finalga chiqishi mumkin bo'lgan bokschilar bor. Bu tarixda bo'lmaydigan narsa. Bu erda hammamiz oyog'imiz erga tegmay, osmonda yuribmiz", - degan havaskor boks bo'yicha Monreal Olimpiadasi kumush medali sovrindori Rufat Risqiev Bi-bi-si O'zbek Xizmati bilan suhbatida.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.