O'zbekiston: har 100 kishining 28i Internetga ulangan

Internet kafe

Dunyo mamlakatlaridagi Internet rivojlanishiga bag'ishlangan yangi hisobot e'lon qilindi.

Ushbu hisobotga ko'ra, O'zbekistonda istiqomat qiladigan har 100 kishining 28 nafari Internetga ulangan va jahon mamlakatlari orasida O'zbekiston 122-o'rinni egallagan.

BMTning Axborot va Kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha agentligi - ITU bir necha yildan buyon yillik hisobot e'lon qilib keladi.

Yangi hisobot "State of Broadband 2016" - "Keng yo'nalishli(polosali) Internet ahvoli 2016" deb nomlangan.

Hisobotda qo'lidagi mobil telefonidan Internetga kiradigan foydalanuvchilar, Internet-provayderga ajratilgan sim yoki O'zbekistonda muomalaga kiritilgan keng polosali Internet simi orqali ulangan foydalanuvchilar soni va xonadonida doimiy Internet mavjud foydalanuvchilarning soni keltirilgan.

Mobil telefonidan Internetga kiradigan insonlarning soni har 100 kishiga 28 kishini tashkil etadi, deb hisoblaydilar hisobot mualliflari.

Bu yo'nalishdagi rivojlanish tahlili O'zbekistonni 195-mamlakatning orasida 122-o'ringa qo'ygan.

Hisobotga ko'ra, O'zbekistonda keng yo'nalishli Internet tarmog'iga ulangan foydalanuvchilarning soni har 100 kishiga 3,57 ni tashkil etgan, bu ro'yxatda O'zbekiston 108-o'rinni egallagan.

Keyingi ro'yxat Internetga ulangan xonadonlarning foizini hisob-kitob qilgan.

O'zbekistondagi xonadonlarning 52,60 foizi Internetga ulangan va bu ro'yxatda mamlakat 37-o'rinni egallagan.

Bir necha kun oldin O'zbekiston rasmiylari mamlakatdagi Internet foydalanuvchilarining soni 13 milliondan oshganini e'lon qildilar.

O'zbek rasmiylariga ko'ra, O'zbekiston aholisining 41 foizga yaqini Internetdan foydalanadi.

O'zbekiston Davlat Statistika qo'mitasining Axborot xizmati 2016 yilning 1 iyulida O'zbekiston aholisining soni 31 million 800 ming kishiga yetgan, degan xabar tarqatgan edi.

O'zbekistonda Internet tezligi har soniyada 35Gbitni tashkil etishi aytilgan, mas'ullar mamlakatda Internet tezligi yil sayin oshib borayapti, deya ta'kidlaydilar.

O'zbekistonliklar Internetga asosan qo'llaridagi mobil telefonlari orqali kirishadi va Internet foydalanuvchilar asosan "Odnoklassniki", "Moy Mir", "V Kontakte" sotsial tarmoqlarini afzal ko'rishadi.

O'zbekistonda Internet qattiq nazorat qilinadi va ko'plab Internet sahifalarga O'zbekiston ichkarisida to'siq qo'yilgan.

Xalqaro tashkilotlar O'zbekistonni "Internet dushman"lari ro'yxatiga kiritib keladi.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq