Vitse-prezidentlik bahsi: Tramp - "telba", Klinton - "ojiz"

Tim Keyn va Mayk Pens Image copyright Reuters
Image caption Tim Keyn va Mayk Pens bahsi qizg'in o'tdi

AQShda vitse-prezidentlikka nomzodlarning qizg'in ehtiroslar bilan o'tgan bahsida Donald Tramp "telba yoki manyak", Hillari Klinton esa "ojiz va befoyda" deya qoralandi.

Demokratlar partiyasidan nomzod Tim Keyn va Respublikachilar nomzodi Mayk Pens abortdan tortib Rossiyagacha bo'lgan mavzularda to'qnashdilar.

Ammo, ularning eng o'tkir tanqidlari Klinton xonim va janob Tramp haqida edi.

Amerikaliklar prezident saylovlarida ovoz berishlariga 34 kun qolar ekan, vitse-prezidentlikka nomzodlar Virjiniya shtatidagi Longvud Universitetida bahslashdilar.

90 daqiqalik duelda odatda bosiqlik bilan gapiruvchi janob Keyn bahs boshidanoq hujumga o'tdi.

Ikkovlon bir-birining gapini tez-tez bo'ldi, ammo janob Pens aftidan vazmin edi.

Tramp prezidentligi ostidagi yadroviy qurollarning xavfi haqida gap ketganda janob Keyn Respublikachi sobiq prezident Ronald Regandan iqtibos keltirdi.

Uning aytishicha, janob Regan bir marta yadroviy qurollar tarqalishi haqida gapirib, "qandaydir telba yo manyak fojeali oqibatni keltirib chiqarishi mumkin" deb ogohlantirgan.

Janob Keyn bu ogohlantirishi bilan Regan Trampdek odamni nazarda tutganini aytdi.

58 yoshli senator Keyn Trampning beqaror xarakterini ham tanqid qildi. "U Koinot go'zali bilan Twitterda urush boshlab ham qovun tushirib qo'yadi", - dedi u.

Janob Keyn Trampning Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni olqishlab chiqqanini ham qattiq qoraladi.

Keynning aytishicha, Tramp diktatorlarni maqtaydi va Putin, Kim Chen In, Saddam Hussayn va Muammar Qaddofiylarga Maunt Rashmordagidek haykal qo'ygan.

Ammo 57 yoshli janob Pens javobiga ko'ra, Putin Trampni uning kuch-qudrati uchun hurmat qilgan bo'lardi.

Uning aytishicha, Rossiyaning mitti rahbari jahon sahnasida AQShdagi ma'muriyatning kuchli bo'lib kelmoqda.

"Men bu bilan Putinni olqishlamayapman. Men bu bilan Hillari Klinton va Barak Obamaning ojiz rahbariyatini qoralayapman", - dedi u.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring