'Қизлар билан чатлашсанг қамоққа тушасан'
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - "Qizlar bilan chatlashma, qamoqqa tushasan"

Saudiya Arabistonilik 19 yoshli Abu Sin Kaliforniyalik qiz bilan chatlashgani uchun hibsga olindi.

Hammasi Online chat dan boshlandi...

21 yoshli Kaliforniyalik Kristina Krokett va Saudiyalik 19 yoshli Abu Sin "chatlashib" qoldilar.

Bir-birlarining tillarini tushunmay, chatlari ko'pda imo-ishoraga to'la bo'ldi.

Bu video Youtube ga tushdi. Ko'plar ikkisining do'stligidan hayratga tushdilar.

Ba'zilar hatto Online orqali "tarjimonlik" qilishga harakat qildilar.

Lekin Abu Sinning baxtiga qarshi bu "chatdan" rasmiylar ham xabar topib qolishdi.

Abu Sin jonli muloqot qilayotgan vaqti uni hibsga oldilar.

Uni axloqsizlikda va diniy qadriyatlarni oyoq-osti qilishda aybladilar.

"Bu vaziyat mutlaqo tushunarsiz va adolatsiz.

Meni bunda ayblamasinlar. Mening qo'limdan hech narsa kelmaydi.

Lekin albatta o'zimni bir qadar aybdor his qilyapman.

Video ommalashib ketgani uchun aybdor emasman, Uning ismi mashhurlashib ketgani uchun ham..."

Arab matbuotiga ko'ra, Abuni tovon evaziga hozircha ozod qildilar.

Lekin bir necha yil qamoq jazosiga yuz tutishi mumkin.

"Men tavba qildim... Qizlar bilan boshqa Online da gaplashmayman...".

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring