Mirziyoev hukumati "Rossiyadagi o'zbekistonliklarni tashlab qo'yadigan ko'rinmaydi"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Мирзиёев 'Россиядаги ўзбекистонликларни ташлаб қўядиган кўринмайди'

Moskvadagi inson haqlari faoli Bahrom Hamroevning aytishicha, so'nggi paytlar Rossiyada o'zbekistonlik siyosiy qochqinlarning qamoqqa olinishi va ularni vatanlariga ekstraditsiya qilish bilan bog'liq vaziyat ijobiy tomonga o'zgarayotgani alomatlari ko'zga tashlanmoqda.

Faolga ko'ra, shu kecha-kunduzda qo'lga olingan va O'zbekistonga topshirish xavfi ostida bo'lgan bir necha siyosiy muhojir qo'yib yuborilgan.

"Ularni tergov qilish hamda ruhiy bosim o'tkazish hollari ham kamaygani kuzatilmoqda", deydi u.

"Ayni paytda Kamolov Rahmiddinning ozod qilinishini kutyapmiz. Menga hozir uning hujjatlarini yetkazishdi", deya qo'shimcha qiladi Bahrom Hamroev.

Image caption O'zbekistonlik siyosiy qochqin Rahmiddin Kamolov oldinroq BBCga gapirarkan, Rossiyada o'zini xavfsiz his qilmasligi haqida aytgandi

Joriy yilning avgustida o'zbekistonlik siyosiy muhojir Kamolov Rahmiddinni o'g'irlashga urinish bo'lgani xabar qilingandi.

Huquq faoli Bahrom Hamroev so'nggi holatlarni O'zbekistondagi siyosiy o'zgarishlar bilan bog'lash mumkinligini aytadi.

"... qaysidir ma'noda o'zgarishlar qilish kerakligi, Karimov olib borgan qatag'on siyosatini davom ettirib bo'lmasligi tushunib yetildi va Mirziyoev hukumati uchun bu narsa kerak", deydi u.

Image caption Rossiyadagi mehnat muhojirlari soni millionlab va ular ko'pda "rezina kvartiralar" deb nomlanadigan xonadonlarda istiqomat qilishadi

Ma'lumki, millionlab o'zbekistonliklar bugun Rossiyada mehnat muhojiriga ham aylanishgan. Ko'pda ular Rossiyadagi eng huquqsiz mehnat muhojirlari sifatida ta'riflanadi.

"Rossiya hukumatining tashlayotgan qadamidan bilsak bo'ladiki, bugungi O'zbekiston hukumatida o'zbekni qarovsiz tashlab qo'yish kayfiyati yo'q", deydi inson huquqi faoli Bahrom Hamroev.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - uzbekbbclondon

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring