O'zbek tili haqida o'ylar va yoki “...zato Shavkat aka...”

Ўзбекистондаги нонвойхона эълони Image copyright fergana.info

21 oktyabr - O'zbekistonda davlat tili kuni.

"Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilingani munosabati bilan mamlakatning deyarli barcha viloyatu-*tumanlarida "Ona tilim - jon tilim" mavzusida turli ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tdi.

Biroq o'zbek tilining hozirgi kundagi maqomi va mavqei faqat ana shunday tadbirlar orqali ifodalanmoqdami?

O'zbek tiliga, xususan, davlat idora-tashkilotlari rasmiylarining e'tibori qanday?

Ayniqsa, rasmiy idoralarda savodxonlik qay darajada?

BBC O'zbek xizmatining ijtimoiy tarmoqlarida ko'tarilgan ayni mavzuga ko'plab fikr-mulohazalar bildirilgan.

Izohlarning ba'zilari tahrirsiz keltirilmoqda.

Holida Abdulahonovaning yozishicha, "O'zbek tili davlat tili bo'lganiga chorak asr bo'ldiyu biz hali ham o'ris tiliga sig'inamiz. Soham bo'yicha o'tgan yili Toshkentga o'qishga borganimda ustoz o'qish boshlanishidan oldin darsni qaysi tilda olib boramiz dedi. Ikkita-uchta rus zabonlar jahllari chiqib albatta rus tilida-da deyishdi. Qolgan kursantlar jimmmm, biz 54 kursant edik. Men jim turmadim, biz o'zbekmiz, o'zbek tili Davlat tili bo'lganiga necha yil bo'ldi, dedim. Ustoz jahli chiqib, siz qaerliksiz, millatchilik qilmang, siyosatga aralashmang, dedi. Bu qanaqa millatchilik? O'zbekistonda yashayaptimi, tilimizni, urf-odatimizni hurmat qilishsin, o'rganishsin, dedim. Bo'ldi, ustoz shu kursni bitirib ketgunimcha men bilan kelisha olmadi. Men rus tilini 100% bilaman, lekin bu degani men o'zbek bo'lib turib nima uchun rus tilida gapirishim kerak? To'g'ri, bu til kerak kerakli joyda men ham ishlataman, lekin nima keragi bor o'zimizni aristokrat qilib ko'rsatib rus tilida gaplashishga? Men o'zbekman, o'zbek tilida gapirgani uyalmayman. Xatolar juda ko'p. Savodsizlar juda ko'p. Toshkentdagi lavhalarga, e'lonlarga qarang! Polonchi polon kuni konsert beradi, ijrolar jonli ETILADI mish, ETILADImas aytiladi".

Unga javoban Rasul Bek Özbek esa "To'g'ri qilgansiz! Tilga ixtiyorsiz - elga e'tiborsiz", deydilar. O'sha "domlangiz" o'zbeksimon ekan", deb yozadi.

Unga qo'shilib, Tohir Bilolov ismli Feysbuk foydalanuvchisi, "Biz hammadan ziyodroqmiz!" deb jar solar maddohlari, Ammo xarob bugungi kun holatiga parvosi yo'q...", degan fikr bildirgan.

Bunga o'xshash fikrni Madina Ruzieva ham qoldirgan: "Grammatikani yaxshi biladi deb o'ylavasizmi? Karang ko'chalarni, reklamadagi yozuvlarga e'tibor bering, sharmanda. Man har kuni ko'raman xatolarni, kulgim keladi".

Hurshida Fayzievaga ko'ra, "O'zbek tiliga kirilitsani qaytarib berishsa yaxshi bo'lardi..."

Biroq Ozod Turkiston unga javoban bunday fikrni keltiradi: "Uzoqni ko'zlash kerak. Lotin alifbosiga o'tishni tezlatish kerak".

Hurshida Fayzieva esa "Manam shuni etvommandee. Uzoqni ko'zlash kereedii. Chunki haliyam lotin alifbosiga o'tish qiyin bo'votti... ishxonalarda baribir kirilitsa..." deya o'z dalillarini keltiradi.

Shuningdek, Kirill yoki Lotin alifbosi kerakligi mazmunidagi bahsga Rasul Bek Özbek yakun yasab, "Yaqin 15 yilda kiril alifbosi butunlay chiqib ketsa kerak", deb o'z xavotirlarini izhor etadi.

Sardor Saidov "hukumatga haqiqiy o'zbeklar kelmaguncha "O'ZBEK TILI" e'tiborsiz qolaveradi. Nima uchun rus tilidagi telekanallarni o'zbek xalqi moliyalashtirishi kerak? Nega Rossiyada o'zbekcha telekanal u yoqda tursin bironta ko'rsatuv ham yo'q? Nega hukumatning asosiy tashviqotini amalga oshiruvchi, ya'ni millatning asosiy "O'zbekiston" telekanalida "Axborot" rus tilida ham bor. ORT da "Novosti"ning o'zbekchasini tasavvur qila olasizmi? -degan savollarni o'rtaga tashlaydi.

Faxriddin Soli: "Ayniqsa televideniyada o'zbek tilining talafuzi buzilmoqda, bunga misolllar: kemani-keema, o'zgartirishlarni-o'zgatishlar, terma jamoani-trma jamoa, ustoz otangdan ulug'ni -ustoz otangdek ulug', o'zbek tiliga tarjima qilindi - o'zbek tiliga o'girildi. O'zbek tili xaqida mutaxasis filologlar va o'qituvchilar o'rniga artistlar, qo'shiqchilar, diktorlar va mahalla faollari gapirishmoqda. Oldinlari televizorda professor Alibek Rustamovning tilga bag'ishlangan ilmiy ko'rsatuvlar seriyasi bo'lardi. Nimagadir xozir ko'rsatilmayapti. Bitta "Hidoyat sari" ko'rsatuvida Anvar qori Tursunov umirlari uzoq bo'lsin til xaqida, Alisher Navoiy hazratlari va ularning asarlari haqida ma'ruza qilib turibdilar.» deya o'z fikr-mulohazasini izhor etgan.

"Davlat tili haqida"gi qonunning 20-moddasida "Lavhalar, e'lonlar, narxnomalar va boshqa ko'rgazmali hamda og'zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e'lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin", deb aytilgan.

Xorijiy til atamalaridan foydalanish o'zbek tilini boyitadimi yoki buzadimi degan savolimizga:

Farxod XAKIM - "Menimcha xohlaymizmi, yo'qmi yangi-yangi atamalar tilimizga bo'lmasa ham so'zlashish uslubimizga kirib kelaveradi. Biroq ushbu masalaga jiddiy yondashmoq zarur. Til nuqtai nazaridan ushbu (chetdan kirib kelgan atamalarga) jiddiy e'tibor bermoq zarur. Chunki o'tgan asrda kashf qilingan ko'p narsalarni tarjima qilib tilga kiritildi. Bu esa kutilgandek natija bermadi. Birgina fikrimga yaqqol misol samolyotni tayyora, aeroportni tayyoragoh dedik. Xalq esa buni iste'mol doirasidan chetda qoldirdi. Xalq o'ziga oson va til nuqtai nazaridan oladigan bo'lsak, ma'no ottenkasi tub, kuchli bo'lgan so'zni ishlatadi. Bu esa e'tiborga molikdir. Biroq bu so'zlar orqali tilimizni boytib, shundayligicha qabul qilsak, til butun o'zlashgan so'zlardan tashkil topdi. Shundog'am o'zbek tilida fors va arab, rus so'zari "qalashib" yotibdi. 80 minglik izoh lug'atini ko'rar ekanmiz, tilimizning 60 foiz so'zlari o'zlashmalardir. Bu esa o'zbek tilshunoslariga "yaxshigina" muammo bo'lsa kerak. Davlat bu hodisaga jiddiy qarab lingvist, tilshunos olimlarni jalb qilib buni jiddiy ko'rib chiqmog'i lozim." deb yozgan.

Marat Kimsanov: "O'zbek tilini tozaligini himoyachilarini tushunmiman, axir tilni qamoqda saqlayolmaysiz til rivojlanadi xoxlesimi yomi !!!!! Tilni himoyasi o'rniga rivojlantiring baraka topkurlar ! Forscha so'zmi ruscha so'zmi qulay bo'lsin o'zbegimga!!!!"

Behzod Hakimov esa "Butun tv-d-nya, qo'shiqchila, shifokorla, organ, davlat idoralari sovotsiz bo'ldi yosh avlodam bitta adabiyot o'qimidi yog'ligi un kimdir lotinda kimdir kirilda kimdir o'zbek kirilda yozadi farosatsiz omila ko'payib ketti, deb yozib "kim manfaatdor bundan?", degan savolni qo'yadi.

Abdulmalik Anvari: "Zato Shavkat aka , xalqaro Islom anjumanida asl o'zbek tilida nutq so'zladilar. Yashang, Shavkat aka Mirziyoev." deya bahsga yakun yasaydi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - uzbekbbclondon

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.