So'z Sizga: Davlat ham, aeroport ham xalqqa ishlamayaptimi?

Davlat ham, aeroport ham xalqqa ishlamayaptimi? Image copyright uzairways internet
Image caption Davlat ham, aeroport ham xalqqa ishlamayaptimi?

O'zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajarayotgan Shavkat Mirziyoev ta'birida "xalq rahbarlardan norozi, sudlar mustaqil emas, davlatning statistika idoralari raqamlar bilan ovora" ekanligi BBC O'zbek xizmatining ijtimoiy tarmoqlarida hamon muhokama etilmoqda.

Bosh vazir va Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev joylarda "odamlarning dardu tashvishlari bilan hech bir mutasaddi rahbar astoydil shug'ullanmayotgani" va aholining sud-huquq tizimiga ishonchi qolmaganini aytgan.

Muxlislarimizdan biri Musannif Adhamning "bir oydan kam vaqt ichida 50 000 murojaat tushibdi. Shularning aksariyati shikoyat bo'lsa kerak. Men tushunmayapman: yoki odamlar bir dumalab noshukr bo'lib qoldi, yoki 25 yil shukroniylik illyuziyasi bilan ko'zimizni bo'yab kelishgan. Aytgancha, shukroniylar ko'rinmaydi", deb yozadi.

Ali Khan: Xalqning dardi ichida. Faqat o'sha dardni eshitadigan odam yo'q. Hozircha ba'zilar eshitadigan odam topilganiga xursand, ammo hokimiyatga kelgach, u ham to'nini teskari kiyib olsa...

Ammo Ali Xan ishora etayotgan "eshitadigan odam"ning hozirga qadar qo'ygan qadamlariga avvaliga umid qilib, hozirdayoq pushaymon bo'lganlar ham yo'q emas.

Uzbek Turkiy: Men Mirziyoev katta uzgarishlar kilishiga ishona boshlagandim....afsuski...vodiyda yana svetni uchirishni boshlashdi...Demak xalkni oldinda katta sinovlar kutayapdi...

Botir Mansurov: Svet muammosini xal kilish uchun, ancha katta ishlarni amalga oshirish kerak. Katta mablag kerak.

Bunga boshqa bir muxlisimiz Bek Bekov javob o'laroq, "Afg'oniston va Pokistonga svet beramizku?ushani tuxtatish kerak", deya talab qiladi.

Tohir Bilolov esa "bu shakl va ohangdagi gaplarni marxum I.Karimov xam ogzidan tushirmagan.Gapga emas, amalga karab baxo beradigan payt keldi", deb hisoblashini yozadi.

Bory Belov ismli o'quvchi esa Surxondaryodagi vaziyat haqida yozgan.

"Surxondareda tadbirkorlarni gaz kuviri kesilmokda. Tadbir korlar milionlab zarar kurmokda. Usha usha eski togara va eski nogara. Mirzieev xam gapida boshka dilida boshka ekan. Biz uni saylamaymiz.Tadbirkorlarni ximoya qilish, ish faoliyatiga aralashmaslik ,aksincha erdam kilish urniga: Ularni binolarini bir tiyin xam bermay buzub tashlanaetganlarni son-sanogi yuk. Bu erda maxtab ezaetganlar fakat organ odamlari. Biz endi bilmaymizmi? Axmoqmizmi "biz", deb so'raydi.

Trolliada yoki "bir o'zi nimaga ulgursin?"

Islom Karimov davrida bo'lgani kabi ayrimlar hamon barcha muammolarni eng tepada turgan rahbar emas, balki pastroqdagilar va yo o'zimiz yaratamiz degan qarashda sobit qolishganini ko'rish mumkin.

Tabiiyki, bu kabi fikr mualliflarining aksariyati trollar, ammo BBC O'zbek xizmati trollik bilan kun ko'rayotganlarning ham fikrlariga ham quloq tutmoqda.

Aksariyat trollar bo'ralab so'kinsa, boshqalari qarg'agan, yana birovlari esa tinmay shukr qilishga da'vat qiladi.

Boshqalari esa...

Amir Roads: Siz ovoz bermasangiz ham boshqalar beradi. Siz ovoz bermasangiz ham Mirziyoev prezident bo'ladi. Gaz uzilsa ham Mirziyoev aybdormi? Bitta odam nimaga ulgursin? Nima bo'lsa ham Mirziyoev aybdor bo'lmaydi-ku! Shikoyat xati yozing Mirziyoevning portaliga...

Ayrimlar esa to'g'ridan to'g'ri "Karimov davrida davlat umuman xalqni o'ylamaganligini Mirziyoev tan olmoqdami", deya savol berishmoqda.

Keyingi mavzu esa Toshkent aeroportining qanchalar yomonlar yomoni bo'lgani haqida...

Toshkentning havo qo'nalg'asi birinchi marta eng yomonlar qatoriga qo'shilayotgani yo'q.

Toshkent xalqaro aeroporti jahondagi eng yomon beshtasidan bittasi, deb topilgan.

Bu kabi xulosaga The Guide to Sleeping in Airports sayti kelgan.

Ularning xulosasi 26 mingdan ziyod yo'lovchining fikriga tayangan.

So'rov ishtirokchilari qulayligi, tozaligi, binolari, mashg'ul bo'lish imkoniyatlari, taomlar tanlovi, xavfsizligi va yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish darajasiga qarab, dunyo aeroportlariga baho berishgan.

Dunyoning eng yaxshi xalqaro aeroporti, deb Singapurning "Changi"si topilgan.

Ammo biz yomoniga, o'zimizning Toshkent aeroportiga qaytaylik…

Shuxrat Xikmatov: Aeroporti bilmadimku lekin bizning samalyotimizi maktashadi! Uz kulogim bilan eshitimki bizning samalyotimiz xamma shaxarni samaletiga karaganda eng toza va eng xavfsiz ekan ! Salohiddin Abdulhamidov: Samalyotiz sizniki emas, u AQSh va yo Frantsiyada chiqadi.

Alisher Arifdjanov: Kaysi aeroportlarga kiyoslashga boglik. Kecha Ostonaga uchib ketuvdim. Tekshiruv uta kup. Tinkani kuritib yuborishadi. Tugri , xavfsizlik muxim, lekin xamma narsaning chegarasi bor. Aeroportimiz esa kiyoslaganda urtacha. Juda yaxshiyam, yoki yomonmas. Urtacha.

Maya Tursunova: Tugri juda eski aeroportimiz ayniksa Toshkentga kaytgandan keyin u chemodanlani oladigan zal juda yomon.

Zulfiya Oripova: aeroportimiza yomon busayam samalyot portilamidi zato bazi buyuk shaxarladaka.

Azamat Yaminovich Rustamov: Xa shunaka kib utiraveradimi yukoridagilar zato zato deb. Kachon tugaydi bu zatolar...

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring