Ким сувсиз, ким светсиз: Ечим нима?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Suv va tok muammosi yechimi bormi?

Markaziy Osiyo ham suv, ham energiya zaxiralariga boy. Ammo bir mamlakatda elektr va gaz yetishmaydi, boshqasida yashash uchun keragicha suv yo'q.

O'zbekiston, Turkmaniston va Qozog'iston energiyaga boy, lekin bu mamlakatlarda oziq-ovqat yetishtirish uchun zarur suv taqchilligi kuchaymoqda.

Tojikiston va Qirg'izistonda suv mo'l, ammo energiya yetishmaydi. Qishda chaqaloqlar sovuqda nobud bo'lgan holatlar bor.

Sovet davrida birgalikda ishlagan mintaqa davlatlari, SSSRdan meros qolgan yagona energiya tizimidan voz kechishdi.

Biroq uning o'rniga halicha barcha uchun foydali biron muqobili topilgani yo'q.

Natijada mintaqaning turli burchaklarida bo'y ko'rsatayotgan suv, elektr va gaz yetishmovchiligi insoniy fojealar, g'alayonlar, iqtisodiy depsinish hamda qo'shnilar o'rtasidagi munosabatlar taranglashishiga olib keldi.

Tahlilchilarga ko'ra, Markaziy Osiyo davlatlari yana birgalikda ishlashmasa, elektr va suv muammosini hal eta olishmaydi.

BBC O'zbek Xizmati muxbiri Rustam Qobil lavhasi.

"Markaziy Osiyoning talash daryolari" hujjatli filmini kelasi noyabr oyida BBC O'zbek vebsahifasi va YouTube BBCUZBEK kanalida tomosha qiling.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring