Болаларни жинсий таҳқирлашга қарши кураш
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Bolalarni jinsiy tahqirlashga qarshi kurash

O'tgan yili Pokistonning Husayn Xon Vala shahrida yuzlab yosh bolalarning jinsiy tahqirlanishi atrofidagi mojaro mamlakatni larzaga soldi.

Ushbu tahqirning qurbonlaridan biri BBCga o'z boshidan o'tganlarini so'zlab berdi.

"BOLALARGA QO'L TEKKIZMA"

OGOH: Ko'ngilni xira qiluvchi mavzu

O'tgan yili Husayn Xon Vala shahrida bo'lib o'tgan hodisa Pokistonni larzaga soldi.

Hozirda yoshi 19 da bo'lgan mana bu yigit qurbonlardan biri edi.

Uning aytishicha, maktabga yo'l olganda, o'g'irlangan va bir guruh tomonidan jinsiy tahqirlangan.

Ular hujumni videoga tushirib, yigitga po'pisa qildilar va Internetda tarqatdilar.

Akasi videoni ko'rib dahshatga tushdi. Ikkisi o'ch olishga qaror berdilar.

Birgalashib 39 norasida jinsiy tahqirlangani tushirilgan 98 videoni yig'dilar.

Ular qurbonlarni oshkor gapirishga da'vat qilib, Parlament o'ngida namoyish o'tkaza boshladilar.

Politsiya tekshiruvi natijasida yuzlab videolar va tahqirlanganlar topildi.

Bu yil Pokistonda yosh bolalarni tahqirlab videoga tushirish jinoyat turiga kiritildi.

Yigitni tahqirlagan 2 kishi umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. Yana 15 kishiga ayblov e'lon qilindi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring