Ja'mi suratlar - Sitsiliya mafiyasi suratkash nishonida

Italiyalik 82 yoshli mashhur fotograf Letitsiya Battalya Sitsiliya mafiyasiga bag'ishlangan suratlar to'plamini e'lon qilgan. Noyabr oyi oxirida Rim Milliy san'at muzeyida uning suratlari ko'rgazmasi ochiladi.

Letitsiya Battalya

Сурат манбаси, GIULIA MARIANI

Сурат тагсўзи,

"Bu suratlarga qarash hozirgacha men uchun og'riqli", - deydi Letitsiya Battalya. U 1970-90-yillarda Italiyadagi Sitsiliya mafiyasi aks etgan suratlarning eng mashhur mualliflaridan. Diqqat: bu suratlardan ba'zilarida larzaga soluvchi sahnalar, jumladan, o'ldirilganlarning jasadlari ham aks etgan.

Сурат манбаси, LETIZIA BATTAGLIA

Сурат тагсўзи,

Bu Battalyaning eng mashhur suratlaridan. Unda o'sha paytdagi Sitsiliya hokimi Persanti Mattarellaning mafiya tomonidan o'ldirilishi aks etgan. Marhumning jasadini uning ukasi, Italiyaning hozirgi Prezidenti Serjo Mattarella ushlab turibdi. "Italiyaning hozirgi Prezidenti yuragida mafiyaga qarshi kurash bir umrga muhrlandi", deydi suratkash.

Сурат манбаси, LETIZIA BATTAGLIA

Сурат тагсўзи,

Ushbu suratdagi erkak, Leoluka Bagarella o'nlab qotilliklar uchun mahkum etilgan. Letitsiya Battalya 1980 yilda uning hibsga olinishi chog'ida Bagarellaning yonida bo'lgan.

Сурат манбаси, LETIZIA BATTAGLIA

Сурат тагсўзи,

Bu Palermoning qashshoq mavze'laridan birida o'yinchoq to'pponcha ushlab olib, killer rolini o'ynayotgan oddiy bolakay. "Ammo qurol o'yinchoq emas. Men Sitsiliya hukumatida ishlaganimda bolalarga o'yinchoq qurollar sovg'a qilishni to'xtatish haqidagi manifestni yozgan edim", - deya hikoya qiladi italiyalik fotograf.

Сурат манбаси, LETIZIA BATTAGLIA

Сурат тагсўзи,

Mafiya tomonidan o'ldirilgan erkakning surati

Сурат манбаси, LETIZIA BATTAGLIA

Сурат тагсўзи,

Qotillik sahnasi

Сурат манбаси, LETIZIA BATTAGLIA

Сурат тагсўзи,

O'liklarni tomoshaga o'ch olomon o'rab olardi. "Ba'zida jasadlar atrofida qo'lida muzqaymoq ushlagan bolalar ham paydo bo'lishardi", - deya xotirlaydi Battalya.

Сурат манбаси, LETIZIA BATTAGLIA

Сурат тагсўзи,

1979 yilda o'ldirilgan hakam Chezara Terranova. Uning ko'ksidan oqqan qon suratda qizildan qoraga aylanadi. "Men hamma suratlarni oq-qora tasvirda olganman. Suratlardagi qizil qon rangiga chidolmasdim", - deydi suratkash.

Сурат манбаси, LETIZIA BATTAGLIA

Сурат тагсўзи,

1978 yilda 114 nafar mafiya a'zolari ustidan mahkama jarayoni. Orqa qatorda o'tirgan ayblanuvchilar Battalya o'zlarini suratga olayotganini ko'rib, yuzlarini yashirishgan.

Сурат манбаси, LETIZIA BATTAGLIA

Сурат тагсўзи,

Mafiyaga qarshi kurashgan mashhur hakam Jovanni Falkone ushbu suratda 1982 yilda o'ldirilgan general Karlo Alberto dalla Kezaning dafn marosimida.

Сурат манбаси, LETIZIA BATTAGLIA

Сурат тагсўзи,

1990-yillar boshida mafiya bilan bog'liq zo'ravonliklarga qarshi kayfiyat Sitsiliya jamiyatini birlashtirdi. Palermoda mafiyaga qarshi norozilik chiqishlari bo'lib o'tdi. Ushbu suratda ana shunday chiqishlardan biri muhrlangan