'Уруш истамаймиз, аммо яшаш керак-да'
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - "Urush istamaymiz, ammo yashash kerak-ku"

Suv - Farg'ona vodiysida dolzarb masala.

Avvalo, bu yerda aholi o'ta zich. Buning ustiga, O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston uchrashadigan nuqtada sovetlar chegaralarni shunday chizishganki, bir qishloq o'z sug'orish suvini chegara ortidagi qo'shni mamlakat qishlog'idan oladi.

Vodiyda aholi soni jadal o'smoqda, suv zaxiralari esa ko'payotgani yo'q. Mintaqa azaldan dehqonchilik va bog'dorchilikka asoslangan.

Vodiyning chegara oldi qishloqlarida ancha yillardan beri suv sababli katta-kichik janjallar chiqib turadi.

Hukumatlar mahalliy ularni jilovlab, suv nizolarini vaqtincha hal etishsa-da, ammo muammoning uzoqqa mo'ljallangan yechimi hali topilgani yo'q.

Qirg'iziston janubidagi Tojikistonga chegaradosh Samarqandek qishlog'ida yashovchi otaxon G'appar To'xtashev ayni voqealarning oxirgisida ishtirok etgan.

Bir paytlar maktabda dars bergan sobiq o'qituvchi ommaviy nizolarga aralashadigan odamga o'xshamaydi.

"Qo'shnilar bilan urushishni istamaymiz, lekin yashash kerak-da" - deya izoh beradi otaxon.

"Markaziy Osiyo kundaliklari" turkumidan navbatdagi lavhamiz Samarqandek chegaraoldi qishlog'idan.

Mualliflar: Rustam Qobil, Oksana Vojdaeva va Maksim Lomakin.

BBC O'zbek xizmatining videolarini BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)da ham ko'rishingiz mumkin.