O'zbek delegatsiyasi migratsiyani muhokama qilmoqda

migrantlar Image copyright Muhojir.info
Image caption Muhojirlar ijtimoiy sharoitlaridan shikoyat qiladilar

O'zbekistonning Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Rossiyaga safar qilmoqda.

O'zbekiston mehnat vazirligi qoshidagi agentlik Rossiyada qator hukumat rasmiylari, hamda Krasnoyarsk, Kemerovo, Astraxan, Moskva va Sankt-Peterburgdagi ish beruvchilar bilan uchrashishni mo'ljallayapti.

Aytilishicha, vakillik guruhi Rossiyada ishlayotgan o'zbek muhojirlarining ish sharoitlarini yaxshilash bo'yicha muzokaralar olib boradi.

Rossiya xorijga ishlash uchun chiqayotgan o'zbekistonliklar uchun asosiy manzil bo'lib qolyapti.

Rasmiy ko'rsatkichlarga ko'ra, Rossiyada 1,8 million o'zbekistonlik ishlab kelyapti, ammo aslida bu son ancha kattaroq ekani ishoniladi.

O'zbekiston hukumati odatda bu muhojirlar muammolariga ko'z yumishda ayblanib keladi. Muhojirlar Rossiyadagi O'zbekiston konsulliklarining beparvoligi va qo'polligidan ko'p shikoyat qiladilar.

Sobiq prezident Islom Karimov esa o'z televizion chiqishida Rossiyada non topayotgan vatandoshlarini "dangasalar" deb qoralagandi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi o'zining Facebookdagi sahifasida yozishicha, mazkur safar doirasida u ishchilarni Rossiyada madaniyatli yo'lda ishga joylashtirish masalalarini yechishga urinadi.

Agentlik, shuningdek, Rossiya hududida muhojirlar manfaatlari va huquqlarini ta'minlashi, ijtimoiy ahvolini yaxshilashi, hamda ularning muammolarini hal qilish yo'lida maxsus telefon raqamlarini tadbiq qilishini aytadi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring