Bolgariya prezidenti: "Rossiya Ovro'poni parchalamoqchi"

Rosen Plevneliev Image copyright Reuters
Image caption Plevneliev Rossiyani tajovuzkor millatchi davlat deya atagan

Bolgariya Prezidenti Rosen Plevneliev BBC bilan intervyusida, o'z fikrida, Rossiya Ovro'poni kiber hujumlar bilan parchalash va beqarlashtirishga urinayotganini aytdi.

Plevneliev so'zlarida, Kreml Ovro'podagi siyosiy partiyalarni moliyalash va targ'ibot yoyish yo'li bilan Bolgariya va boshqa Ovro'po davlatlaridagi siyosatga ta'sir qilishga harakat qilyapti.

Kelgusi oy prezidentlik vakolati nihoyasiga yetadigan Plevnelievning aytishicha, o'tgan yili Bolgariyaning Markaziy saylov qo'mitasi sayti va boshqa qator hukumat saytlari xakerlar hujumlariga uchragan va bu hujumlar ortida AQShdagi Demokratik partiya saytiga hujum qilgan xakerlar turgan bo'lishi mumkin.

Rossiya hukumati bu kabi ayblovlarni rad etadi.

Bolgariyaliklar 6 noyabrda prezidentlik saylovlarida ovoz beradilar, biroq Rosen Plevneliev unga o'z nomzodini ilgari surmagan.

Oxirgi so'rovlarga ko'ra, hukumatdagi GERB koalitsion partiyasining nomzodi bo'lmish Tsetska Tsachevaga saylovchilarning 26,3% foizi ovoz berish niyatida, sotsialistlar vakili Rumen Radevga esa 22,5% bolgarlar xayrixohlik bildirishgan.

Plevneliev BBC intervyusida aytishicha, Ovro'po tobora "xavfli va oqibatini bashorat qilib bo'lmas" ziddiyatga tortilyapti.

"Ovro'poda bugun bo'layotgan o'yin tanklarni kiritib o'z dushmaningga o't ochish emas. Putinning o'yini boshqa mamlakatlarni o'ziga qaram qilib olishdir", - dedi prezident.

"Rossiya Ovro'poni zaiflashtirib, uni parchalab, bizni tobe qilib qo'yishga urinyapti", - dedi u.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring