Ажрашишга қарши "ТВ-шарманда" самара берадими?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Ajrashishga qarshi "TV-sharmanda" samara beradimi?

Lavhani Youtube dagi kanalimizda tomosha qiling.

O'zbekiston matbuotidagi xabarlarga ko'ra, yaqinda Toshkent shahar hokimiyatida bo'lib o'tgan yig'ilishda oilalarda ajralishlar soni ko'payib borayotgani haqida gapirilgan.

Bu muammoga qarshi kurash chorasi sifatida ajrashgan har bir oila vakillarining ism-familiyasi bundan buyon "Toshkent" telekanali va "Toshkent oqshomi" gezetasida chop etilishi borasida so'z ketgan.

BBC O'zbek bo'limi tahririyati bu kabi murakkab ijtimoiy muammoni yechishda "omma o'ngida sazoyi etish", deya talqin qilish mumkin bo'lgan choraning turli qirralariga e'tibor qaratishga qaror berdi.

MATLUBA, 26 yoshda, 3 yoshli o'g'li bor.

Erimni boshqa bir ayol bilan ushlab oldim. Yalindi, yolbordi... Kechirgan bo'ldim.

Yarim yil o'tmay mutlaqo boshqa ayolni boshlab keldi.

Meni quvishdi. Uy, joyimni so'radim - berishmadi.

Televizorda ko'rsatishsa kimga foyda? Meni sevmaydigan ergami? Qayta sevib qoladimi?

Rasmiylar: Televizorda sharmanda qilamiz

Ulamolar nima deydi?: Sodiq Qori Kamoliddin, Qirg'izistonlik ulamo

"DILBAR"ning turmushi chidab bo'lmas edi. Eri urardi, qaynona haqorati to'xtamasdi.

Ota-ona: "Isnod! Sharmanda! Boshimizni qanday ko'taramiz?! Uyingga borib, tinch o'tir!".

Dilbarni 4 oylik hamilador vaqti turmush o'rtog'i urib, o'ldirdi.

Dilorom Ishoqova, shoira va siyosiy faol: "Muammoning ildizini qarash kerak".

Umida Niyozova, huquq foali: "TVda sharmanda qilish yo'li bilan kurash, inson shaxsiy hayotiga daxl qilmaslik huquqining buzilishidir".

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring