AQSh saylovlari Rossiya matbuotida

Rossiya gazetalari
Image caption Rossiya gazetalari

Rossiya jamiyatida AQSh prezidentlik saylovlariga juda katta qiziqish bilan qarashmoqda. Rasmiy ommaviy axborot vositalarida, xususan Kremlga qarashli telekanallarida Amerika saylovlari mavzusi alohida o'rin olgan.

Ba'zi mahalliy kuzatuvchilarning aytishlaricha, butun holat "xuddi amerikaliklar emas, balki ko'proq rossiyaliklar Amerika prezidentini saylayotgandek ko'rinadi".

BBC muxbiri Stiv Rozenberg bugun chop qilingan Rossiya ro'znomalarining qisqa sharhida, butun dunyo kabi Rossiya ham saylov natijalarini intizorlik bilan kutayotgani haqida yozadi.

8 noyabrda chiqqan aksar Rossiya gazetalarida Hillari Klinton Donald Tramp ustidan g'alaba qozonishi mumkin degan maqolalar chop etilgan.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
AQSh prezidentlik saylovlari xaqida Rossiya matbuoti nimalarni yozmoqda?

Biroq "Komsomolskaya pravda" fitna haqida so'z yuritadi. Uning sarlavhasi - AQSh rahbari saylanmaydi, u maxsus bir siyosiy oqim orqali tayinlanadi. Maqolaga ko'ra, jahon bo'ylab demokratiyani tajovuzkorona yoyayotgan Amerika elitasi Hillari Klinton g'alaba qozonishi uchun imkon qadar urinmoqda. Maqolada da'vo qilinishicha, ushbu elita neokon va liberal bosqinchilardan iborat. Gazeta Amerika bo'yicha mutaxassisga iqtibosan, "Klinton bizni yadro raketalari bilan qurshovga oladi va Tramp Qrimni Rossiyaning qismi deya rasman tan oladi", deb yozgan. Uning tushuntirishicha, Klintonga kuchli Moskvaning keragi yo'q. U, "chegaralarimizga yaqin joyda raketalarni joylashtirib, AQSh Rossiyaning ichki ishlariga bosim o'tkazadi", deydi.

"Bu absurd va haqiqatga yaqin emas, faqat aqldan ozgan kishi bunga yo'l qo'yadi", - deydi AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfol Kommersant ro'znomasiga bergan intervyusida. Unga ko'ra, agar Hillari Klinton prezidentlikka erishsa, o'zaro munosabatlarning yangi pog'onaga chiqish uchun imkoniyat yuzaga keladi. Biroq, faqat Putin o'z siyosatini o'zgartirsa, deb yakunlagan Makfol.

Agar Donald Tramp prezidentlik poygasini yutsa, o'zaro aloqalar yaxshilanadimi? "Nezavisimaya gazeta", Rossiya tashqi siyosati bo'yicha hisobotga tayanib, "tahlilchilar bunday o'ylashmaydi", deb yozgan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring