Putin Trampni g'alaba bilan tabrikladi

Vladimir Putin Image copyright AP

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Donald Trampni AQSh prezident saylovlaridagi g'alabasi bilan tabriklagan.

Kreml matbuot xizmatining xabar qilishicha, Putin Rossiya-AQSh munosabatlarini hozirgi inqiroz holatidan olib chiqish va dolzarb xalqaro masalalarni yechishda o'zaro hamkorlikka umid qilishini aytgan.

Respublikachi nomzod Donald Tramp AQSh prezident saylovlarida mutlaq g'alabani qo'lga kiritgan.

U kamida 278 saylovchilar vakillik hududlarining ovozini olgan.

Nomzodlardan birining g'alabasi uchun 270 ovoz yetarli.

BBC O'zbek Xizmati ovozlarni sanash jarayonini jonli tarzda yoritmoqda.

Demokratlar nomzodi Hillari Klinton esa prezidentlik kursisi uchun kurashni poy bergan.

Ovoz berish jarayonlari boshlanguniga qadar Klinton xonim saylov musobaqasida yetakchilik qilayotgandi.

Tramp o'zining g'alaba nutqida amerikaliklarni nizolar emas, balki jipslashishga chaqirgan.

U shuningdek, Amerikani dunyoning eng kuchli iqtisodiga aylantirishga va'da bergan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring