Video - Abdulla Oripov "Chig'atoy" qabristonida dafn etildi

Abdullo Oripov Toshkentdagi "Chig'atoy" qabristonida dafn etildi Image copyright COURTESY
Image caption Abdullo Oripov Toshkentdagi "Chig'atoy" qabristonida dafn etildi

10 noyabr kuni Toshkentda O'zbekiston Xalq shoiri, O'zbekiston madhiyasining muallifi Abdulla Oripovning dafn marosimi bo'ldi.

Abdulla Oripovning jasadi Toshkentdagi "Chig'atoy" qabristonida dafn etilgan.

O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov bilan vidolashuv shoirning "Do'rmon"dagi hovlisida bo'lgan.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida dafn marosimida olingan fotosurat va videolar tarqalgan.

75 yoshli Abdulla Oripov 5 noyabr kuni AQShning Xyuston shahridagi shifoxonada olamdan o'tgani xabar qilindi.

Abdulla Oripovning oxirgi yillarda salomatligi yomonlashgan, tez-tez AQShda davolanayotgan edi.

6 noyabr kuni O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning jasadini vatanga qaytarishda ko'maklashishini ma'lum qildi.

Mayitni 8 noyabr kuni AQShdan Moskva orqali O'zbekistonga нetkazilishi xabar qilindi.

10 noyabr kuni soat 11 da "Do'rmon"da dafn marosimi boshlangan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq