AQSh: Tramp 2-3 mln chet ellikni haydashi yo qamashi mumkin

Donald Tramp
Image caption Donald Tramp 2-3 million noqonuniy muhojirni haydashi yo qamashini aytmoqda.

AQSh saylangan prezidenti Donald Tramp 2-3 millionga yaqin chet ellik AQShdan chiqarib yuborilishi yo qamoqqa tashlanishi haqida aytdi.

Unga ko'ra, bular noqonuniy muhojirlar bo'lib, hali ilk bosqichda nishonga olinadiganlar, xolos.

CBS bilan maxsus suhbatda gapirgan saylangan prezidentning bildirishicha, eng avvalo jinoyatchilar va giyohvand moddalar savdosiga aralashgan xorijliklarga qarshi choralar ko'riladi.

2010 yilgi hisobotga ko'ra, AQShdagi jinoyat qilgan noqonuniy muhojirlar soni 178 mingga yaqin.

Janob Tramp Meksika bilan chegara bo'ylab devor tiklanishi haqida ham eslatgan, ammo ayrim hududlarda u qalin bo'lmasligini aytgan.

Saylanganidan beri bergan ilk maxsus intervyusida Donald Tramp AQShdagi ozchiliklarning ta'qib etilayotganidan "xafaligini" ham bildirdi.

Hillari Klintonning elektron pochtadan foydalanishiga oid ishni qayta ko'rib chiqish borasida hali o'ylab ko'rishini qayd etgan.

O'zining saylovoldi kampaniyasidan juda faxrlanishini, biroq uni biroz "yumshoqroq va do'stonaroq" olib borish mumkinligini ham tan olgan.

Ayni paytda, Donald Tramp o'z ma'muriyati boshlig'i sifatida Respublikachilar partiyasi milliy qo'mitasi rahbari Rayns Pribusni tanladi.

Bosh maslahatchi qilib esa o'zining saylovoldi shtabini boshqargan o'ta o'ng-qanotchi Stiven Bennonni tayinlagan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring