Навоий Ҳироти қуш парвози баландлигидан
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Navoiy Hiroti qush parvozi balandligidan

Afg'onistonning Hirotdagi rasmiylari BBC ijodiy guruhi uchun tarixiy shahar ustidan parvoz tashkil qildilar.

BBC O'zbek xizmatining muxbiri Humoyun Hadid Hirot shahrini qush parvozi balandligidan tasvirga tushirdi.

Afg'oniston g'arbida joylashgan Hirot Temuriy podshohlar Mironshoh, Shohruh, Husayn Boyqaro va boshqalarning poytaxti bo'lgan.

Buyuk davlat arbobi Hazrat Alisher Navoiy ham Bosh vazir sifatida Hirotda masjid va madrasalar, shifoxonalar va yangi ariqlar ochishga bosh-qosh bo'lgan, shaharni yanada obod qilgan.

Afg'onistondagi qariyb 40 yillik urush Hirotni ham chetlab o'tmadi.

Bugun Hirotda Hazrat Alisher Navoiy maqbarasi, Musallo majmuasi, Ixtiyoriddin qal'asi va boshqa qator tarixiy binolar saqlanib qolgan.

BBC O'zbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham ko'rishingiz mumkin.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring