Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vaziriga qarshi jinoiy ish ochildi

Aleksey Ulyukaev pora olishda gumonlanib hibs qilingan Image copyright EPA
Image caption Aleksey Ulyukaev pora olishda gumonlanib hibs qilingan

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukaev ishi bo'yicha xabardor etib turilgan.

Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilgan.

Aleksey Ulyukaev pora olishda gumonlanib hibs qilingan.

"Prezident albatta vaziyatdan xabardor. Unga ayni masalada amaliyotlar boshlanishi bilan ma'lum qilingan", deb aytgan Peskov.

Hukumat matbuot xizmati esa Bosh vazir Medvedev Putin bilan Ulyukaevni qo'lga olish borasida masalani muhokama etganini ma'lum qildi.

Medvedev bu masalani obdon tekshirishga chaqirgan, deyishadi Vazirlar mahkamasidagi manbalar.

Interfaksning parlamentdagi manbasiga tayanib xabar berishicha, bugun Ulyukaev "Edinaya Rossiya" fraktsiyasining kengaytirilgan majlisida ishtirok etishi kerak edi.

Ammo so'nggi soatlarda uning nomi majlis dasturidan olib tashlangan.

Rossiya Tergov qo'mitasi Aleksey Ulyukaevga qarshi "pora olish" aybi bilan jinoiy ish qo'zg'atilganini ma'lum qildi.

Tergov qo'mitasining web sahifasida joylashtirilgan xabarnomada Ulyukaev 14 noyabr kuni "Rosneft" shirkatidan 2 million AQSh dollari miqdorida pora olgani aytiladi.

Pora "Rosneft" uchun "Bashneft" hissalarini sotib olishda "ko'maklashishi" kerak bo'lgan.

Tergov qo'mitasi yaqin orada Iqtisodiy taraqqiyot vaziriga rasman ayblov taqdim qilishi kutilmoqda.

VTB kuzatuv kengashini Aleksey Ulyukaev boshqarib kelgan.

Bank esa huquq-tartibot organlari vakillaridan "Bashneft" hissalari nazorat paketini xususiylashtirishga doir biror bir e'tiroz bo'lmaganini aytgan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring