O'zbek Shvetsiya fuqarosi Ruminiyada ushlangan

Izzatulloh Muhammadsobirov

Bolgariya va Ruminiya chegarasini kesib o'tayotganida asli andijonlik Izzatulloh Muhammadsobirov hibsga olingan.

Ruminiya rasmiylari 37 yoshli Izzatulloh Muhammadsobirov O'zbekistonning Interpolga bergan qidiruvi asosida qo'lga olinganini aytganlar.

Izzatulloh Muhammadsobirov "Ivanovo o'zbeklari ishi" nomi bilan tanilgan mahkamada ishi ko'rilgan 13 kishi orasida bo'lgan.

2005 yil iyunida Rossiyaning Ivanovo shahrida 12 O'zbekiston fuqarosi va bir Qirg'iziston fuqarosi hibsga olingan, O'zbekiston ularning Andijondagi qonli hodisalarga aloqadorlikda ayblagan.

O'zbekiston hukumati "Ivanovo o'zbeklari"ni vataniga ekstraditsiya qilishni so'ragan.

2008 yili Strasburg mahkamasi andijonliklarga oqlov hukmini chiqargan.

So'ng ularga BMT Qochqinlar Oliy Komissarligi turli mamlakatlardan boshpana bergan.

Izzatulloh Muhammadsobirovning akasi Abdurrauf ham "Ivanovo o'zbeklari" orasida bo'lgan, u ukasining qo'lga olinishi haqida BBCga quyidagilarni aytib berdi.

Abdurrauf Muhammadsobirov bilan suhbat

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring