O'zbekistonda saylovning avvaligilaridan "farqi"...

Farq?
Image caption Farq?

Biznes-Vestnik Vostoka gazetasining bugungi sonida "Bu yil saylovlarga taklifnoma avvalgilaridan farq qiladi" degan maqola chop etilgan.

Keyinroq, "kardinal" deya talqin etilgan "o'zgarish" saylov taklifnomasi haqida ekani anglashiladi.

O'zA xabariga asoslangan ayni maqolaga ko'ra, taklifnomalarda avvallari ko'rilmagan holat - ya'ni, har bir saylovchi faqat o'zi uchun ovoz berishi kerakligi haqida saylov qonuni akslangan.

O'zbekistonda Sho'ro va Karimov davrida kechgan barcha saylovlarda bir kishi butun oila uchun ovoz berish holatlari doim bo'lgan.

G'arb mamlakatlarida misli ko'rilmagan saylov qonunchiligini "buzilishi" O'zbekistonda normal holat edi.

Bu gal saylov taklifnomalariga Saylov haqidagi qonunning moddasi kiritilgani ana shu "normal holat"ni qanchalar isloh etishi esa noma'lum.

Farqlarmi, farqsizlikmi va yo befarqlik?

Saylov taklifnomasidagi farqqa to'xtalib o'tdik.

Avvalgilaridan farqsizligi esa hozirdanoq saylovda kim g'alaba qozonishi aniq bo'lganidir.

Hech kim hatto mo''jiza ro'y berib ham asosiy nomzoddan tashqari uch nomzoddan biri prezidentlikka saylanishiga ishonmaydi.

O'zbekistonlik jurnalistga ko'ra, "bunaqa stsenariyga hatto nomzodlarning o'zlari ham ishonishmaydi".

Islom Karimov nomzodi ko'rsatilgan saylovlardan 4 dekabr kungi marosim farq qilmasligi ana shu nuqtada tobora ayonlashib qoladi.

Befarqlikka kelsak... O'zA va yo O'zbekistonda nashr etilayotgan gazeta-jurnallar, televizion, radio va internetda Islom Karimov vafotidan keyin hech qanday keskin o'zgarish ro'y bergani yo'q.

O'zbekona madh etish mashinasi hozir Islom Karimov uchun emas, balki O'zbekistonning muvaqqat prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev uchun ishlamoqda.

"Aksariyat o'zbekistonliklar televizion kanallarda hamon seriallarni intiqib kutishadi, maqtovlar va madhlarga ko'milib qolgan "Axborot" dasturini emas", deydi jurnalistlardan biri.

Befarqlik shunda...

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq