BBCga maktub: “Xalq shoiri” o‘rniga “Hukumat shoiri” unvoni joriy etilsa...

Muhammad Ismoilning murojaati Image copyright Muhammad ismoilning Facebook sahifasidan olindi
Image caption Muhammad Ismoil mamlakat Bosh vaziriga murojaat qilgandi

Hozir Bosh Vazirga xat, internet, audio va video murojaat qilish rosa urf bo'ldi. Rosti, ko'plarida jiddiy masalalar ko'tarilgan. Eldan ortda qolmay deb men ham murojaat qils

Yaqinda jamoatchilik, ayniqsa, o'zbek virtual olamida o'ta faol bo'lgan shoir Muhammad Ismoil mamlakat Bosh vaziriga murojaat qilib, ijodkorlarga hukumat ko'proq e'tibor qaratishi, ularni o'z qanoti ostiga olishi lozimligi haqida aytdi.

Shoir so'zini asoslash uchun, jumladan, Husayn Boyqaro ham Alisher Navoiyning etagini sira quyib yubormaganini tarixiy dalil sifatida keltirdi.

Gapning po'stkallasini aytganda, shoirimiz o'zbek ijodkorlari hukumatning aynan yo'rig'i va ma'naviy (moddiy) yetovida bo'lishi lozimligini aytmoqda.

Ey, unda butun dunyo ijodkorlari bir umr talpinadigan erk va hurlik, ijodiy mustaqillik qayda qoldi, deb so'raydigan mard yo'q. Albatta, Do'rmondagi ijod uyidan chiroyli va shinam chorbog' olib, mamlakat yutuqlarini ko'klarga ko'tarib asar yozish, katta-katta qalam haqi olib, yaltiroq ko'krak nishonini taqib "xalqqa peshvoz" chiqishga nima yetsin.

Shu sabab, xalqning dardini emas, hukumatning yutuqlarini do'mbira qilib chaladigan ijodkorlarimiz uchun "Hukumat yozuvchisi" yoki "shoiri" degan unvon joriy qilinib, u davlat tomonidan o'zini ko'rsata olgan ijodkorlarga berilsa.

Axir hozir ayrim ijodkorlar qanchadan qancha pul sarflab, tanqidchiyu taqrizchi yollab, qator-qator kitoblar chop etib, rahbarlar nigohiga tushib qolarmanmi, deya boshini turli hukumat tadbirlariga urib yotibdi.

Ana o'shalarga berilsin shu unvon, hech bo'lmaganda sarflagan puli oqlanadi - ijodkorning ham, hukumatning ham. Xalq ichida saroy shoiri degan gap ham yuradi, lekin ijodkorlar hurmati uchun bu eski, arxaik atamani ishlatish o'rinsiz bo'lardi.

Axir har bir ijodkorning o'z hamiyati bor.

Xalq shoiri yoki yozuvchisi degan unvon ham yo'q bo'lib ketmaydi. Uni vaqti kelganda xalqning o'zi beradi. Qishning qirchillamasida elektr va gaz yo'qligidan qorong'u, zax va sovuq uyda tarashadek uvishgan, tinimsiz yo'talib yotgan bolasini emizayotgan juvon dardlarini ko'tarib chiqa oladiganlarga xalqning o'zi unvon beradi.

"Dunyoni lol qoldirgan" yutuqlarni madh etuvchilar, marhamat, hukumat unvonini olaversin, halolingiz bo'lsin! Lekin so'z to'g'ri qo'llanilsin deymiz, xolos.

O'zbekistonlik mushtariy

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring